Tarkibiy bo'linmalar

  Ingliz filologiyasi fakulteti

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Fakultetlararo kafedralar
Bo'limlar
Axborot resurslari
Abituriyentlariga
Ilmiy anjumanlar

 

 

 

 

 

 

Ikkinchi chet tillar kafedrasi 1994-yilda tashkil etilgan. Kafedrada 14 ta o'qituvchi ishlar edi 3 ta til, ya'ni, ingliz, nemis va fransuz tillari o'qitilar edi. O'sha vaqtda kafedraning umumiy soatlar hajmi 8900 soat edi. Har bir guruhda ikkinchi chet tili uchun 280 soat ajratilgan edi. Bugungi kunda ikkinchi chet tiliga 550 soat ajratilgan, Bugungi kunda kafedra "Fakultetlararo chet tillar kafedrasi" deb ataladi va o'qituvchilar soni 20 tani tashkil etadi.  Kafedrada ingliz, nemis, fransuz va lotin tillardan dars beriladi. Kafedra asosan yoshlardan iborat va kafedrada 2 ta dotsent, 1 ta fan nomzodi, 5 ta katta o'qituvchi va qolganlari o'qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Kafedrada turli yillarda  faoliyat  ko’rsatgan  o’qituvchilar chet mamalkatlarda o'z malakalarini oshirib keldilar. Fransuz tili o'qituvchilari D.A.Ataullaeva, A.V. Babayans, D.A.Kiselyov bir necha marotaba Fransiyada malaka oshirganlar. Italyan tili o'qituvchilari T.I.Sabirova, Sh.S.Valiyeva, N.I.Mansurova, K.K.Kirgizova va boshqalar Italiyada o'z malakalarini oshirib keldilar. Kafedra a'zolari A.K.Savva, G.G.Arzumanyanlartomonidan "Lotin tili darsligi", A.M Narziqulov, S.U.Norqulov tomonidan fransuz tilidan uyda o’qish bo’yicha qo’llanma, R.N.Burnasheva, A.A.Jabborov tomonidan nemis tilidan uyda o’qish bo’yicha qo’llanma, N.Sh.Amriddinova, A.F.Ayupov  tomonidan “Ingliz tili ikkinchi chet tili sifatida” electron darslik tayyorlandi va chop etildi.

Har yili kafedra a'zolari xalqaro, respublika miqyosidagi  ilmiy-nazariy anjumanlarda, institut professor-o’qituvchilarning ilmiy konferensiyalarda faol  qatnashadilar. Kafedrada reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, shuning natijasida kafedra a’zolaridan A.A.Morozova, G.X.Obruevalar nomzodlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo’ldilar. O’qituvchi N.SH Amriddinova nomzodlik dissertasiyasini himoya qilish arafasida.

Batafsil ma'lumot

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra mudiri dots. Begmatov M.B.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2011  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI