Tarkibiy bo'linmalar

  Roman-german filologiyasi fakulteti

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Fakultetlararo kafedralar
Bo'limlar
Axborot resurslari
Abituriyentlariga
Ilmiy anjumanlar

 

 

 

 

 

Nemis tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi  yarim asrlik tarixga ega. 1960 yilda Samarqand davlat universiteti, chet tillar fakulteti tarkibida 3 ta maxsus kafedra: ingliz, nemis, fransuz filologiyasi kafedralari ish boshladi. Qisqa vaqt ichida boshqa kafedralar singari nemis filologiyasi  kafedrasi zaminida 2 ta mustaqil kafedra: Quyi kurslarda nemis tili va Yuqori kurslarda nemis tili kafedralari paydo bo’ldi.  Aynan quyi kurslarda nemis tili kafedrasi hozirgi Nemis tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi asosini tashkil etadi. Kafedra tashkil topgan dastlabki  paytlarda unda 10 ta o’qituvchi bor edi: p.f.n. X.S.Samadov (kafedra mudiri), X.S.Ibragimova, K.N.Namozov, G’.I.Irgashev, B.T.Tursunov, O.M.Veydo, X.Mirsaidova, R.M.Husainova/Alayeva, K.A.Turniyozova va kafedra laboranti R.Kurichkina.

1982-84 yillar davomida kafedraga dos. X.S.Ibragimova, 1984-2009 yillarda esa dos. K.N.Namozov mudirlik qilishdi.

2004 yilga kelib kafedraga Nemis tili grammatikasining nazariy va amaliy kurslar o’tkazilganligi munosabati bilan kafedra «Nemis tili fonetikasi va grammatikasi» deb nomlandi.

2009-2010 o’quv yilida kafedra mudiri lavozimida dos. P.J.Nazarov ishladi. 2011 ukuv yilidan boshlab ukituvchi O.K.Jumayev kafedra mudiri sifatida faoliyat yurita boshladi.

Hozirda kafedrada katta avlod vakillari: dos. K.N.Namozov, dos. F.X.Tog’ayev, dos. K.A. Turniyozova, katta o’qit. R.M.Alayevalar bilan qatorda dos. P.J.Nazarov, o’qituvchilar  N.Sodiqova, O.Jumayev, D.Rahmonova, N.Qayumova va kafedra laboranti  S.Radjabovalar faoliyat ko’rsatishmoqda. Kafedra a’zolari tomonidan oliy ta’lim talabalari uchun darslik va o’nlab o’quv-uslubiy qo’llanmalar chikarilgan.

Kafedraning xorijiy mamlakatlar,  xususan Germaniya, Avstriya, Finlyandiya, Rossiya mamlakatlari bilan do’stona aloqalari mavjud. Kafedra O’zbekiston oliy o’quv yurtlari doirasida ham yetarlicha mavqyega ega.

1994-yil SamDCHTI instituti ochilgandan keyin, I-II kurs talabalariga xizmat qiluvchi «Nemis tili fonetikasi va grammatikasi» kafedrasi tashkil topdi. «Nemis tili fonetikasi va grammatikasi» kafedrasi asosan I-II kurs talabalariga  nemis tili, amaliy grammatika, amaliy fonetika, german filologiyasiga kirish, nazariy fonetika va nazariy grammatika fanlari bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tadi.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, kafedra a’zolarining ko’pchiligini yoshlar tashkil yetadi. Ular muntazam ravishda fakultetda bir necha yillardan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan tajribali hamkasblari bilan hamkorlik qilishadi, yangiliklarga intilishadi.

Dosent K.N. Namozov va o’qituvchi    S. Pirimqulovalar birgalikda uyda o’qish fani uchun o’quv qo’llanma chiqarishdi.

Dosent K.N. Namozov, katta o’qituvchi R.M.Alayeva va o’qituvchi D. Sherovalar birgalikda «Tahliliy o’qish» aspekti bo’yicha o’quv qo’llanmasini nashrdan chiqarishdi. Dosent  K.N. Namozov va o’qituvchi J. Kuraxmedova bilan birgalikda  I kurs talabalari uchun «Amaliy grammatika» fani uchun o’quv qo’llanma  chop yetildi.

2010  yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta darslik va 2 ta o’quv qo’llanma chop yetildi. Bular 1-kurs talabalari uchun dosent K.A.Turniyozovaning “Deutsch” nomli nemis tili darsligi, dosent K.N.Namozov va o’qituvchi N.G.Sodiqovalarning 1-2 kurslar uchun “Nemis tili fonetikasi” nomli o’quv qo’llanma, dosent K.N.Namozovning nazariy fonetika fanidan Ma’ruzalar matnlari chop etildi.

 

 

Batafsil ma'lumot

 

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2011  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI