|
Kafedra Fransuz tili fonetikasi va grammatikasi
deb nomlanib, u fransuz va italyan tili yo’nalishini hamda fransuz tili bo’yicha magistratura yo’nalishini
ham o’z ichiga oladi. Kafedra 1994 yilda tashkil topgan bo’lib, unda prof. M.Xolbekov,
H. Orziqulov, dos. T.Imomnazarov, S.Ismoilov singari ustoz sanalgan professor-o’qituvchilar faoliyat
ko’rsatgan.
Hozirgi kunda kafedra jamoasi 20 ta professor-o’qituvchini o’z ichiga
oladi. Shundan 2 ta fan nomzodi, 4ta katta o’qituvchi va 14ta o’qituvchi faoliyat
ko’rsatib kelmoqda. O’qituvchilar orasida 2ta Italiyadan kelgan xorijlik o’qituvchilar
ham mavjud. Kafedra jamoasi asosan yoshlardan tashkil topgan. Italiyaning xorijliklar
uchun Siyena va Perudja Universitetlarida bir necha bor o’z malakalarini oshirib
kelgan yosh o’qituvchilar italyan tili yo’nalishi bo’yicha talabalarga saboq berib
kelmoqda. Har yili italyan tili o’qituvchilaridan bir nafari Italiyada
malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kafedra 2010 yildan buyon kafedra mudiri, katta
o’qituvchi, filologiya fanlari nomzodi Suvonova Nigorabonu tomonidan boshqarilmoqda.
Kafedraga qarashli guruhlar mutaxassislik bo’yicha o’qitiladigan fanlarga doir zamonaviy
darsliklar va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlangan. 2010 ylda f.f.n. Suvonova N. tomonidan Tahliliy o’qish va Matn tahlili
nomli o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop ettirildi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy
majmualar yaratilgan. Shuningdek, 2011 yilda kafedra o’qituvchilari Suvonova N.
va Shukurova R.lar tomonidan 1-kurs fransuz guruhi talabalari uchun Asosiy chet tili, ya’ni Fransuz tili fani bo’yicha yangicha darslikni o’quv jarayoniga tadbiq etish joriy qilindi va Fransiyada nashr
etilgan ushbu Belleville darsligi acosida o’quv-uslubiy majmua ham yaratildi.
Institutning kenja yo’nalishlaridan biri hisoblangan
italyan tili bo’yicha esa kafedraning italyan tili o’qituvchilari tomonidan eng
so’nggi zamonaviy turdagi o’quv-uslubiy majmualar asta-sekinlik bilan yaratilmoqda.
Kafedra qoshida tashkil etilgan Parlons
français va Parliamo italiano to’garaklari
faoliyatining samarasi yildan-yil oshib bormoqda.
Talabalarning har yili to’garak tadbirlariga
bo’lgan zo’r qiziqishi fikrimiz dalilidir. Bundan tashqari, kafedraga tegishli iqtidorli
talabalar faoliyati ham diqqatga sazovor.
Ular har yili olib borayotgan o’z kichik ilmiy tadqiqotlari bo’yicha turli
xil nashrlarda maqola va tezislar chop ettiradilar. Bundan tashqari, har yili institut talaba-yoshlarining ilmiy anjumanlarida,
qolaversa, turli xil Respublika ilmiy anjumanlarida o’z ma’ruzalari bilan ishtirok
etadilar. Shu bilan birga, kafedra professor-o’qituvchilari rahbarligida bajarilayotgan
magistrlik dissertasiyalari, Bitiruv malakaviy ish va kurs ishlari har yili muqaffaqiyatli tarzda himoya qilinmoqda.
| 
|
|
|
| 
|
Shuningdek, dars jarayoniga zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni joriy etish, dars jarayonida texnik vositalardan keng foydalanish
orqali dars samarasini yanada yaxshilash maqsadida kafedra o’qituvchilari tomonidan
har yili ochiq darslar o’tkazib turiladi.
Bundan tashqari, talabalarning kafedrada o’qitiladigan
fanlar bo’yicha rejalashtirilgan mustaqil ta’lim mavzulariga doir mustaqil taqdimot marosimlari kafedra
o’qituvchilari va talabalari tomonidan har
yili katta tayyorgarlik va qiziqish bilan amalga oshiriladi.
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar to’g’ri yo’lga
qo’yilgan bo’lib, doimiy tarzda talabalar bilan birgalikda turli xil madaniy va
ma’naviy ishlar, xususan, bahs, munozara, sayohat singari tadbirlar amalga oshiriladi.
Batafsil ma'lumot
|