|
Kafedra
ilmiy salohiyati jihatdan institutda yetakchi
o’rinni egallaydi. Kafedrada germaniyalik
katta o‘qituvchi ,O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan
fan arbobi Anatoliy Mixaylovich Bushuy,
professor B.X. Rizayev kabi yetuk
mutaxassislar faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan
uchta o’quv qo’llanma, bitta darslik va
uchta elektron darslik hamda barcha fanlardan
o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Kafedra
o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan barcha
o’quv materiallari va darsliklar bilan ta’minlangan.
Kafedra nemis tili chuqur o’rgatiladigan
51-o’rta maktab, SamDCHTI qoshidagi 1-son
akademik litseyi hamda Past Darg‘om pedagogika
va sport kolleji bilan hamkorlik qiladi.
Kafedra
professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan
talabalar turli Respublika olimpiadalari
va xorij grantlari sovrindorlari bo’lib
kelmoqdalar. Oxirgi uch yil ichida nemis
tili bo’yicha Respublika til olimpiadasida
quyidagi natijalarga erishildi:
- 2008
yilda Yakubova Malika – II o‘rin
- 2009
yilda Jahongirov Ulug‘bek -III o‘rin;
- 2010
yilda Sitnik Oksana – IV o‘in.
Kafedra
faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar: 2
ta professsor, 4 ta dotsent, 2 ta katta
o’qituvchi, 5 ta o’qituvchi .
Batafsil ma'lumot
|