Tarkibiy bo'linmalar

   Roman-german filologiyasi fakulteti

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Fakultetlararo kafedralar
Bo'limlar
Axborot resurslari
Abituriyentlariga
Ilmiy anjumanlar

 

 

 

 

 

 

Fransuz tili nazariy va amaliy fanlar kafedrasi har xil nomlar bilan 1960-yillardan faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada ketma-ket 5 ta fan doktori, professor (L.M. Minkin, V.Ye. Shetinkin, I.K. Mirzayev, H.A. Arziqulov, A.E. Mamatov) va 10 dan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar (A.D. Xayutin, A.M. Narziqulov, M.M. Shnayder, T.A. Imomnazarov, Z.B. O’rinboyev, A.U. Eshonqulov, X.S. Saidqulov, M.I. Mamatxanova, A.K. Ko’chiboyev, R.K. Qilichev) ishlangan, faoliyat ko’rsatishgan.

Hozirgi kunda kafedra tarkibida bitta professor (I.K. Mirzayev), 4 ta dotsent (S.I. Ismoilov, M.M. Yo’ldoshev, A.K. Ko’chiboyev, D.X. Babayeva) va 12 ta o’qituvchi fransuz tilining nazariy va amaliy fanlaridan 3-4-kurs bakalavr talabalariga va 1-2-kurs magistrlariga dars bermoqdalar hamda magistrlarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilmoqdalar. Kafedra faoliyatida italyan tili va madaniyatini o’qitish ham alohida o’rinni egallaydi.

Hozirgi paytda rus va o’zbek guruhlarida tahsil olayotgan birinchi va ikkinchi bosqich talabalariga italiyalik mutaxassislar bilan bir qatorda kafedraning ikkita o’qituvchisi (T. Sabirova, K. Kirgizova) faol dars bermoqdalar.

 

 

 

 

 

 

Kafedra mudiri dots. Ismoilov S.I.

 

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2011  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI