|

Kafedra mudiri
dots. Turabov A.M.
|
|
Umumiy
va amaliy tilshunoslik kafedrasi 1994 yilda
institut tashkil etilishi bilan bir paytning
o’zida ish faoliyatini boshlagan.
Kafedrada
dastlab filologiya fanlari doktori, prof.
B.O’rinboyev, 1997 yildan f.f.d., prof.
N.Turniyozov, 2011 yildan boshlab esa A.Turobov
rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada
bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari derivatologiya
maktabining shakllanishiga asos bo’ldi.
Bunda derivatologiya muammolari bo’yicha
bugungi kungacha 1 ta doktorlik va 5 ta
nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Ayni paytda yana 1 ta nomzodlik ishi himoyaga
qabul qilingan. Bundan tashqari, yana 3
ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari
ustida ish olib borilmoqda.
Umuman
olganda, so’nggi 5 yil ichida kafedrada
turli mavzularda 1 ta doktorlik va 8 ta
nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi
va muvafaqqiyatli himoya qilindi.
|