Tarkibiy bo'linmalar

   Tarjimonlik fakulteti

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Fakultetlararo kafedralar
Bo'limlar
Axborot resurslari
Abituriyentlariga
Ilmiy anjumanlar

 

 

 

 

Sharq tillari kafedrasi 1999-yil, 2-sentyabr rektor farmoni bilan 2-til kafedrasi tarkibidan ajralib tashkil etildi. Kafedra dastlabki yillar 9 nafar o’qituvchi bilan ish boshlagan. O`sha paytda kafedrada 7 nafar xorijiy, 2 nafar mahalliy oqituvchilar bor edi. Shu vaqtgacha kafedrada 22 nafar xorijiy ishlagan. Bugungi kunda kafedrada 15 ta o’qituvchi yapon, arab, fors, turk tillari mutaxassisligi boyicha dars beradilar.

Kafedra qoshida 4 yo’nalish boyicha “Til va madaniyat markazi” faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Masalan yapon, turk, arab, fors markazlarida darslar o`quv adabiyotlari hamda texnik jihatdan to`liq jihozlangan sinfda o`tiladi. Kafedra qoshida 2 ta “Yapon tili lingofon kabineti” tashkil etilgan. Bu kabinetda boshqa til darslari ham navbati bilan o`tiladi.

Kafedrada 2 nafar fan nomzodlari dots. A. Yuldashev va dots. Hojiyev Ilhom Hojiyevich va 13 nafar tajribali o`qituvchilar ishlab kelmoqdalar. Bu hisobda 1 nafar Misr Arab Respublikasidan, 3 nafar Yaponiyalik o`qituvchilar ham mavjud.

Sharq tillari kafedrasi a`zolari qisqa muddatda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. 12 yil davomida 1ta doktorlik, 1ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Yapon tili o`qituvchisi Okava Xiroshi “Yaponcha-O`zbekcha qisqacha o`quv lug`ati” nomli kitobini chop etdi.

Oxirgi 5 yil davomida Sharq tillari bo`yicha 15 talaba ko`rik tanlovlar sovrindori bo`ldi. “Yapon tili notiqlik san`ati” konkursining Respublika O`rta Osiyo va MDH bosqichlarida birinchi o`rinlarni egallab kelishmoqda.

 Kafedraning ilmiy yo’nalishi “Sharq tillarining lug`aviy va matnshunoslik masalalari” bo’lib bu yo’nalishda ko’plab ilmiy maqolalar, o’quv qo’llanmalar chop etilib kelinmoqda.

 

Batafsil ma'lumot

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2011  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI