|
Kafedra
Samarqand Davlat Chet tillar instituti
Rektorining 1995-yil 1 – fevraldagi buyrug’iga
asosan ochilgan. O’sha paytda
kafedra «Pedagogika va
psixologiya» nomi bilan yuritilib,
pedagogika fanlari nomzodi, dosent
D.R.Ortiqov kafedra mudiri etib
tayinlangan. D.R.Ortiqov mazkur kafedrada
umrining oxirigacha, ya’ni 2004-yilning
noyabr oyigacha ishladi.
2008
– yildan buyon kafedraga ped.fan.dok., prof.
M.M.Maxmudova rahbarlik qiladi.
2011-2012
o’quv yilida kafedra tarkibi 9 kishidan
iborat mutaxassis o’qituvchilar
faoliyat ko’rsatmoqda: Shulardan 2
nafar professor, 3 nafar dosent va
fan nomzodi, 4 nafar o’qituvchilar
bor.
Kafedrada
faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar
ingliz, nemis, fransuz, koreys filologiyasi
hamda italyan bo’limi talabalariga
bakalavr yo’nalishi bo’yicha
«Psixologiya» (3 kurs),
«Pedagogika» (3 kurs) fanlaridan
ma’ruza va seminar mashg’ulotlarini
olib borishadi, hamda 4-kursda pedagogik
amaliyotga rahbarlik qilishadi.
2
– kurs bakalavrlarga “Ochiq axborot
tizimida psixologik xavfsizlik
xizmati” fanidan va magistrlarga ”Pedagogik
texnologiya va pedagogik mahorat”,
”Xorijiy mamlakatlar pedagogikasi tarixi”
fanlaridan (I kurslarga) va II kurslarga
” Pedagogik texnologiya va pedagogik
mahorat” fanlaridan dars berishadi. 2011
– 2012 o’quv yilida kafedra professor –
o’qituvchi va aspirantlari tomonidan 1
ta metodik qo’llanma va 20 ta ilmiy maqolalar
chop etilgan.
Kafedrada
3 nafar aspirant va 1 nafar mustaqil tadqiqotchi
bor.
Batafsil ma'lumot
|