Tarkibiy bo'linmalar

  Tarjimonlik fakulteti

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Fakultetlararo kafedralar
Bo'limlar
Axborot resurslari
Abituriyentlariga
Ilmiy anjumanlar

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra 1998-yil institutga tarjimonlik mutaxassisligi bo’yicha talabalar qabul qilinishi bilan «Tillar va tarjima kafedrasi» sifatida tashkil topgan va unga f.f.n dos. S.Jabborov rahbarlik qilgan. 2000-yilda institut ichida tarjimonlik fakulteti tashkil topgan kafedraga institutning malakali professor-o’qituvchilari: dots. A.Ko’chiboyev, k.o’q. P.Usmon, k.o’q.D.Sultonova, k.o’q. Sh.Fozilovalar va boshqa yosh professor-o’qituvchilar jalb qilindi. 2003-yil tarjimonlik fakulteti yopilishi munosabati bilan kafedraning nomi «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi deb atala boshlandi, kafedraga dots. A.Ko’chiboyev mudir qilib saylandi. 2009 yildan bo’yon katte o’qituvchi A.Sayfullayev kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada 1 ta professor (M.Xolbekov), 1 ta dotsent (dots.G’.Rahimov), 1 ta f.f.n. (N.Turdiyeva) 4 ta katta o’qituvchilar (P.Usmon, G.Qodirova, J.Sodiqova, A. Sayfullayev) va magistraturani bitirgan o’qituvchilar  faoliyat ko’rsatib «Tarjima nazariyasi va amaliyoti kursidan» koreys, xitoy va yapon  filologiyasi IV kurs talabalariga ma’ruza darslari, «Tarjima tarixi», «Yozma tarjima», «O’g’zaki tarjima», «Ikkinchi chet tili (ingliz)», «Asosiy chet tili (ingliz)», «sinxron tarjima» fanlari bo’yicha sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetining talabalariga o’quv mashg’ulotlari o’tkazib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi «Bilvosita va bevosita tarjimaning dolzarb muammolari» bo’lib bu yo’nalishda ko’plab ilmiy maqolalar, o’quv qo’llanmalar chop etilgan.

 

Batafsil ma'lumot

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2011  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI