|
Koreys
va ingliz tillari kafedrasi 5220100- Filologiya
(koreys tili) ta’lim yo’nalishi qoshida
2001 yildan boshlab faoliyat ko’rsatadi.
2011 yil noyabr oyidan boshlab “Koreys va
xitoy tillari” kafedrasi deb yuritilmoqda.
Kafedrani katta o’qituvchi Em Antonina Pavlovna
boshqarmoqda. Kafedra dars soatlari yuklamasi
yil sayin oshib bormoqda. Bugungi kunda
uning hajmi 15 282 soatni tashkil qiladi.
Professor-o’qituvchilar
asosan Koreya Respublikasidan jalb etilgan
bo’lib, ular asosiy chet tili-koreys tili
dars mashg’ulotlarini mahalliy o’qituvchilar
bilan hamkorlikda olib borishmoqda. Hozirgi
vaqtda kafedrada 18 ta professor-o’qituvchi
faoliyat ko’rsatmoqda, shulardan 4 ta dosent,
1 filologiya fanlari nomzodi, 1 katta
o’qituvchi va 12 ta assistent-o’qituvchilar,
shuningdek Koreya Respublikasi xalqaro “KOICA”
tashkilotidan jalb qilingan 3 nafar ko’ngilli
o’qituvchilardir. Xitoy Xalq Respublikasidan
ham 3 nafar fan doktorlari Filologiya: xitoy
tili ta’lim yo’nalishi talabalariga xitoy
tili fanidan saboq berishmoqda.
|