|

Kafedra mudiri prof. Shodiyev R.T.
|
|
Falsafa
kafedrasi 1995 yilda fåvral oyida “Ijtimoiy
fanlar” nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki
yili kafedrada 2 ta fan doktori, 2 ta dotsent
va 3 ta katta o’qituvchi faoliyat
ko’rsatgan.
Ijtimoiy
fanlarni o’qitishni yaxshilash, o’quv jarayonini
takomillashtirish maqsadida 1998 yilda kafedra
tarkibidan “Ma’naviyat va tarix” kafedrasi
ajralib chiqib, “Falsafa va iqtisod” kafedrasi
deb nomlandi. 2005 yilda institut Ilmiy
kengashi qarori bilan “Falsafa”kafedrasi
deb nomlandi.
Kafedra
tashkil etilgandan hozirgi kunga qadar kafedrada
prof. R.T. Shodiyev mudirlik qilmoqda.Hozirgi
vaqtda kafedrada 13 shtat birligi bo’lib,
shulardan 4 ta shtat birligi o’rindoshlik
hisoblanadi. Kafedrada 16 ta professor-o’qituvchilar:
2 ta fan doktori, professorlar; 5 ta dosent,
9 ta o’qituvchilar bakalavr va magistratura
bosqichi talabalariga dars berib kelmoqda.
|