Tarkibiy bo'linmalar

  Institut tarixi

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Fakultetlararo kafedralar
Bo'limlar
Axborot resurslari
Abituriyentlariga
Ilmiy anjumanlar
2011 yil - Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik yili

 

 

O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali
gov.uz

 

Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligi portali
edu.uz

 

Axborot ta'lim tarmog'i

ziyonet.uz

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini mustahkamlash va uni saqlash ko’p jihatdan bilimli, qobiliyatli, uddaburon yoshlarga bog’liqdir. Yoshlarni har tomonlama to’la shakllangan, jamiyatning barkamol a’zolari sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish oliy ta’lim tizimining eng muhim vazifasiga aylanib bormoqda. Bunday vazifalarni amalga oshirish ta’lim tizimini jahon andozalari darajasida qayta qurish va chet tillarni mukammal o’rganish va o’rgatish orqali ta’minlanishi lozim.

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy tillar sohasida kadrlar tayyorlashni jadallashtirish, mintaqadagi korxonalar va muassasalarning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-noyabr farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-noyabr qarori asosida Samarqand Davlat Universiteti tarkibidagi chet tillar fakulteti Chet tillar instituti sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Yangi tashkil etilgan institutning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi: filologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, chet tillar bo’yicha pedagoglar, tarjimonlar va ekskursiya olib boruvchilar, maktabgacha tarbiya pedagoglari ( chet tili mutaxassisligi bilan ) tayyorlash, o’quv jarayonida yangi jadal o’qitish texnologiyalarini joriy qilish va institut moddiy texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va studentlarning ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish.

Institutda 4 fakultet, 19 kafedra, 14 til va madaniyat markazlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, mintaqaviy til o’rgatish markazi, axborot – resurs markazi mavjud.

Institutda 3 ta  yo’nalishda bakalavriatura, 2 mutaxassislik bo’yicha magistratura, 2 ixtisoslik bo’yicha aspirantura faoliyat ko’rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo’ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o’rinli oshxona mavjud. Bakalavriat bosqichida bugungi kunda ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, italyan tili, ispan tili, arab tili, yapon tili, koryes tili, xitoy tili va tarjimonlik mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2011  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI