Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Arab tili nazaryasi va amaliyoti kafedrasi
Turobov A.M. Kafedra mudiri: Turobov A.M.

Telefon: (90) 250-53-17
Elektron manzili:  turobov11@umail.uz

 

 

 

Mazkur kafedra “Umumiy va amaliy tilshunoslik” nomi bilan 1994-yilda institut tashkil etilishi bilan bir paytning o‘zida ish faoliyatini boshlagan.

Kafedrada dastlab filologiya fanlari doktori, prof. B.O‘rinboyev, 1997-yildan f.f.d., prof. N.Turniyozov, 2011-yildan boshlab esa dots. A.Turobov rahbarlik qilmoqda. 2013-yildan boshlab ”Umumiy va amaliy tilshunoslik” hamda “Sharq: arab va yapon tillari” kafedralari qo‘shilib, “Nazariy tilshunoslik va sharq tillari” kafedrasi bo‘ldi. 2015-yildan boshlab “Arab tili nazaryasi va amaliyoti” kafedrasi deb nomlandi.

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari derivatologiya maktabining shakllanishiga asos bo‘ldi. Bunda derivatologiya muammolari bo‘yicha bugungi kungacha 1 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi. Ayni paytda  4 ta doktorlik  dissertatsiyalari ustida ish olib borilmoqda. Umuman olganda, so’nggi  yillarda kafedrada turli mavzularda 1 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va muvafaqqiyatli himoya qilindi.

Institutda yapon, arab, turk kabi sharq tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayorlashda f.f.d., professor B.O‘rinboev, f.f.d., professor B.Yo‘ldoshev, f.f.d., professor U.Sanaqulov,  f.f.d., professor I.Hojiev,  f.f.n., dotsent  T.Xo‘jaev,  f.f.n. dotsent  H. K. Ahrorov,  f.f.n, dotsent A.Yuldoshev  kabi mahalliy professor-o‘qituvchilar bilan birga f.f.n. Mustafo Chetin,  Zeynal Polat,  Atef  Demirdash (turk tili), Yahyo az-Zeyyad, Abdussalom Rub’iy  Izzat, Qosim Abu Bakr,  Muhammad  Hammam (arab tili), Koguchi Yasuo,Yamamoto Masoyoshi, Yasuda Koyoko, Ikinaga Shuziko, Ojima Yosaki, Kito Nayomi, Yachi Mitsuru (yapon tili) singari xorijlik professor-o‘qituvchilarhissa qo‘shganliklarini alohida e’tirof etish lozim.

“Umumiy va amaliy tilshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan dastlabki yillardayoq iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, fan doktorlari va nomzodlarini tayyorlash, dissertatsiyalarni tashqi taqrizdan o‘tkazish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish kabi jarayonlarda  peshqadamlar qatorida turdi. Bugungi kunda Respublikamizning turli hududlarida kafedradagi ana shu ilmiy muhitdan bahramand  bo‘lib, fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalarini qo‘lga kiritgan tadqiqotchilarni ko‘plab uchratish mumkin. Ularning kattagina qismi  hozirda institutimizning etakchi professor-o‘qituvchilar qatoridan o‘rin olib ulgurgan. Jumladan, T.A.Bushuyning “Контрастивная лексикография  в уровновое интерпретации фразеологии исходного языка ” (Ташкент, 2000) nomli doktorlik dissertatsiyasi, A.Turobovning “Samarqand viloyati etnonim va etnooykonimlarining lisoniy tahlili” (Toshkent,1998),  A.Ismoilovning “Прагматика фразеологии и его текстовая актуализация” (на материали англиского языка. Ташкент, 2001),  A.Rahimovning “O‘zbek xalq dostonlari leksikasining qiyosiy-tarixiy tahlili” (Samarqand, 2002 yil), Sh.Ashurovning “Ingliz va o‘zbek tillarida kesim tipologiyasi” (Toshkent, 2007), G.Karimovaning “O‘zbek tilida grammatikalizatsiya hodisasi” (Samarqand, 2007),  N.Suvonovaning  “Frazeologiya leksik-semantik sath ob’ekti sifatida” (Fransuz tili materiali asosida. Toshkent, 2008), G‘.Mirsanovning “Ingliz va o‘zbek tillarida yurish-harakat fe’llarining aksional va aspektual xususiyatlari” (Toshkent, 2009), nomli nomzodlik dissertatsiyalari bevosita “Umumiy va amaliy tilshunoslik” kafedrasida bajarilgan tadqiqotlardir.

“Umumiy tilshunoslik”  kafedrasining professor-o‘qituvchilari institut tashkil topgan dastlabki yillarda fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining etishmasligi va ma’nan eskirganligi, yangi fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarni yaratish zaruratini chuqur his qilgan holda o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini rejalashtirdilar. Buning natijasida kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqa muddatda bir qator o‘quv adabiyotlari chop etildi. Xususan, N.Q.Turniyozovning “Matn lingvistikasi” (Samarkdnd, 2004), N.Turniyozov va A.Rahimovlar hammuallifligida “O’zbek tili” (Samarqand, 2006), “O‘zbek tili” elektron darsligi, “Tilshunoslikka kirish” (Samarqand, 2006), “Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari” (Samarkand, 2007), T.A.Bushuyning "Umumiy tilshunoslik” (Samarqand, 2002),  "Til tizimi va qurilmasi” (Samarqand, 2003) "Sinxronik va diaxronik tilshunoslik” (Samarqand, 2003) "Qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolari” (Samarqand, 2004) "Общее языкознание” (Samarkand, 2004), A.Turobovning “Lotin alifbosi asasidagi o‘zbek yozuvi” (Samarqand, 2005), A.Rahimovning  “Tizimli lingvistika” (Samarqand, 2012), N.Begaliyev va  A.Turobovlar hammuallifligida “Samarqand  toponimiyasi” (Samarqand, 2015) kabi o‘quv adabiyotlari shular jumlasidandir.

Umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasining ilmiy salohiyatini ko‘rsatib turuvchi yana bir dalil sifatida unda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy bir yo‘nalishda, ya’ni “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusi doirasida, izchil olib borilganligi misolida ko‘zga tashlanadi. Professor N.Turniyozov rahbarligida olib borilgan ushbu ilmiy yo‘nalish Respublikada ko‘p bora alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan. Jumladan 2009 yili institutda o‘tkazilgan “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumanida N.Qayumovichni “Samarqand derivatologik maktabiga asoschi olim” sifatida rasman qayd etilishi ana shunday e’tiroflardan biridir.

“Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusi 2008 yilda Respublika fundamental tadqiqotlar uchun e’lon qilingan grantda ishtirok etib, sovrindor bo‘lganligi ham ushbu ilmiy tadqiqot yo‘nalishining yana bir e’tirofi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu loyiha, ayni paytda “Samarqand derivatologik maktabi”ning mavzu ko‘lamini yanada kengayishiga ham sabab bo‘ldi.  Binobarin, muqaddam mazkur ilmiy maktabda olib borilgan tadqiqotlar asosini sintaktik qurulmalarning struktur tahlili tashkil qilgan bo‘lsa, fundamental tadqiqot loyihasi doirasida olib borilgan izlanishlar tufayli tillarda sodir bo‘ladigan derivatsion jarayonlarning kichik va katta sintaktaktik hodisalar bilan aloqadorligi bilan bog‘liq masalalar aniqlandi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida leksik va semantik derivatsiya hodisalari, tillararo derivatsiya masalalariga doir  ilmiy izlanishlar olib borish istiqbollari ham belgilandi. Ushbu ilmiy tadqiqotlarga oid xulosalar besh yil davomida birin-ketin chop etilgan X.Xayrullaevning “Til birliklarining pog‘onali munosabati” (Toshkent; “Fan”, 2008), “Nutq birliklarining pog‘onali munosabati”(Samarqand, 2008), N.Turniyozov, K.Turniyozova, X.Xayrullaevlarning “Struktur sintaksis asoslari” (Toshkent: «Fan».,2009), N.Turniyozov, B.Turniyozova, Sh. Turniyozovalarning “O‘zbek tili derivatsion sintaksisi” (Toshkent, Navro‘z, 2011), A.Rahimovning “Leksik va semantik derivatsiya muammolari” (Toshkent, Navro‘z, 2011) nomli monografiyalarida o‘z aksini topdi.

O‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini “Umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasi” bilan bog‘lagan maxsuldor olimalardan biri T.A.Bushuydir. Hozirga qadar uning bevosita rahbarligida o‘nga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari (A.R.Ismoilov, F.Sh.Ro’ziqulov, N.N. Suvonova, A.Yu.Narzullaeva, N.Yo.Turdieva, G.X.Obrueva, Sh.J.Shomurodova) himoya qilindi, yigirmadan ortiq o‘quv adabiyotlari va ilmiy monografiyalar chop etildi. Jumladan, “Основы теории контрастивной лексикографии (в ракурсе фразеологии)” Ташкент: Фан2001; “Лингвометодический анализ слова, предложения и текста” Самарканд, 2006. “Философские проблемы языкознания”  Самарканд, 2006. “История лингвистической типологии”  Ташкент, 2006.  “Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси” Соавтор: Сафаров Ш.С. Тошкент: Фан, 2007. “Краткая история лингвофилософии” Самарканд:СамГИИЯ, 2008. “Вариативност английского, языка в современном мире” Соавтор: А.Нарзилаева, Самарканд: СОИППКПК, 2008; “Язык в истории развития человеческой мысли” Ташкент: Фан 2011, “Язык и культура” Ташкент: Фан 2017 kabi o‘quv adabiyotlari shular jumlasidandir.

Albatta bu yutuqlarni чет tillarini o‘qitish bo‘yicha ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratigan kafedralar bilan qiyoslanganda dengizdan bir tomchidek tuyulishi turgan gap. Biroq chuqurroq mulohaza qilib ko‘radigan bo‘lsak, sharq tillari yo‘nalishida hozirga qadar amalga oshirilgan ibratli ishlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar toma-toma ko‘l hosil qilish darajasida ekanini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda koreys, xitoy, yapon, arab tillaridan sabaq berayotgan yosh o‘qituvchilarning har biri kechagina u yoki bu sharq tilini puxta egallab turli tanlovlarda o‘z iqtidori bilan institut jamoasini quvontirgan talabalardir. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va institutimizning tarjimonlik kafedrasi qoshida ochilgan magistraturani tugallagan ushbu yoshlar, muqaddam xorijdan taklif qilingan o‘qituvchilarga munosib o‘rinbosar bo‘lib etishayotganligi quvonarlidir. Demak, sharq tillari ta’lim yo‘nalishlarida kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifa o‘z taqdirini institut bilan bog‘lagan ana shu yoshlardan fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan malakali kadrlar  tayorlashdan iboratdir.

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 

“Arab tili nazaryasi va amaliyoti kafedrasi”  kafedrasining prof.-o’qituvchilari kafedraning « Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» deb nomlangan ilmiy yo’nalishi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. O’zMU, O’zDJTU, ToshDShI, Nizomiy nomidagi TDPU da shuningdek, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi, Sukuba Universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilib, unda o’z ilmiy maqolalari, tezislari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

 

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILARNING  ILMIY SALOHIYATI

(2017 yil sentabr holatiga ko‘ra)

 

Professorlar 10 %, Dotsentlar 15 %, Fan nomzodlari 25%,

Katta o’qituvchilar 20%, Assisentlar 30%.

 

2017 – 2018 O ‘QUV YILIDA KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR

BAKALAVRIAT

 

 

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR (2017-2018 o‘quv yili sentabr holatiga ko‘ra)

 

Turobov Abdurayim Malikovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 2013 yil 22-iyundan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri.

Tel: +998902505317     +998973977154

Elektron manzil:turobov@umail.uz
 

Turniyozov Nigmat Kayumovich, filologiya fanlari  doktori, 2013 yil 22-iyundan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori.

 

Tel:+99891522753

Elektron manzil:turniyozov@umail.uz
 

Bushuy Tatyana Anatolevna,filologiya fanlari  doktori, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori.

Tel:+9989773944901

Elektron manzil:tbushuy@umail.uz
   Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari  nomzodi,  2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti.

Tel:+998912987450

Elektron manzil: xurshid@umail.uz
   Turniyozov Bexzod Nigmatovich, filologiya fanlari  nomzodi, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+998979145540

Elektron manzil: bexzodturniyozov@umail.uz
   Karimova Gulshod Mamatkadirovna, filologiya fanlari  nomzodi, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+998973917190

Elektron manzil: gulshod1@umail.uz
   Karimova Safiya Rasulovna, filologiya fanlari  nomzodi, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+9989662377110

Elektron manzil: safiyarasulovna@umail.uz
   

Turniyozova Shaxnoza Nigmatovna, filologiya fanlari  nomzodi, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+998933424012

Elektron manzil: Shaxnoza78@umail.uz
   

Jurakulov Rustam Davronovich, filologiya fanlari  nomzodi, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+998915285943

Elektron manzil: Shaxnoza78@umail.uz
   

Semyonova Marina Albertovna2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+998933435172

Elektron manzil: Shaxnoza78@umail.uz
   

Xudoyberdieva Dilfuza Muxtorovna, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+998915492812

Elektron manzil: Shaxnoza78@umail.uz
   

Musinova Zebo Turobovna2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

Tel:+998906550122

Elektron manzil: musinova@umail.uz
   

Xurramova Zebo Safarboevna, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchi asistenti.

Tel:+998933373901

Elektron manzil: xurramovazebo@umail.uz
   

Bozorov Sayfiddin Axmodovich2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchi asistenti.

Tel:+998979200135

Elektron manzil: -
   

Mamadaliev Muhsin Saydazimovich, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasistajyor o‘qituvchisi.

Tel:+998909666134

Elektron manzil:mmamadaliev@umail.uz

   

Atoev Muhiddin Muxtorovich, 2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi.

Tel:+998933396668

Elektron manzil: atoevmuhiddin@umail.uz

   

Kenjaev Avaz Latipovich2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi.

Tel:+9989666733149

Elektron manzil:

 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

“Arab tili nazaryasi va amaliyoti kafedrasi” kafedrasida professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo’lib, rejaning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi natijasi o’laroq kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2016-2017ўқув yilи davomida turli  nufuzli ilmiy jurnallar va anjumanlarda 84 ta ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Tasdiqlanlangan reja doirasida kafedradagi ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida bir qator yosh o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedrada har oyda  1 marta  “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari”  nomli ilmiy seminar ish yuritadi.  

 

Kafedrada olib borilayotgan hamkorlik aloqalari:  

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samarqand davlat chet tillar instituti Arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedraga biriktirilgan 2 ta kasb-hunar kolleji, jumladan Kattaqo`rg`on shahar pedagogika va Kattaqo`rgon tuman ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejlari bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTM larga jalb qilish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovatsion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fan o'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi. 

Kasb-hunar kolleji o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berib kelinayapti hamda har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etilib, litsey va kollej o'quvchilariga tushuntirish ishlari olib borilayapti. 

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan kollejlarda yetishmaydigan adabiyotlarni yaratish borasida 10 dan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar, 12 dan ortiq dars ishlanmalari tayyorlanib, kollej o'quvchilariga tavsiya qilindi. Ular turli yillarda "Yilning eng yaxshi" o`quv-uslubiy qo`llanmasi nominatsiyalarida sovrinli o'rinlarni olishgan. Ularda nazariy qismlarni yoritish bilan birga amaliy laboratoriya darslari ham bayon etilgan.

Shuningdek, kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollej o`qituvchi va talabalariga institutimizning xorijdan kelgan professor-o`qituvchilari ham amaliy mashg'ulotlarda, o'quv amaliyotlarida bevosita kasbga yo'naltirish va malaka talablarini shakllantirishda, chet tillarini yanada mukammal bilishda amaliy yordam berishayapti.

 

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlariga kafedradan 3 nafar fan nomzodlari, dotsent va katta o'qituvchilar o'rindoshlik asosida ishga joylashgan.

  

Professor U.Sanaqulov ochiq dars o‘tmoqda (2017 yil 11 may)

 

O‘zbek tilidan 3-kurs rus guruhlariga YADA komissiyasidan lavhalar (2017 yil 22 iyul)

 

Kafedra manzili: Sam DChTI Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti binosi 1-qavat