Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Fransuz filologiyasi kafedrasi
f.f.n. Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovna Kafedra mudiri: f.f.n. Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovna

Xizmat telefoni: (+99893) 728-04-38

Kafedra  telefoni : (+99891) 547-18-55

Elektron pochta manzili: suvonova72@umail.uz

 

 

 

Kafedra tarixi va hozirgi kundagi faoliyati

Kafedra Fransuz   tili  va  adabiyoti  deb nomlanib, u 2014 yil  Fransuz tili fonetikasi va grammatikasi hamda Fransuz filologiyasi  kafedralarining qo’shilishidan tashkil topgan. Kafedra tarixiga nazar tashlansa, u 1994 yilda tashkil etilgan bo’lib, unda  taniqli  professorlar     I. Mirzayev, M.Xolbekov, H.Orziqulov, dotsentlar T.Imomnazarov, S.Ismoilov, A.Ko’chiboyev va M. Yuldoshevlar  singari ustoz sanalgan professor-o’qituvchilarning  samarali  faoliyati  bilan  ko‘zga tashlanadi.

Hozirgi kunda kafedra jamoasi  18ta professor-o’qituvchi  hamda 2ta  ilmiy xodim izlanuvchidan  iborat  bo‘lib, shundan 2 nafari fan doktori, professor, 1 nafari  fan nomzodi, professor, 1 nafari fan nomzodi, dotsent, 3 nafari ilmiy  unvonsiz  fan nomzodi, 3 nafari katta o’qituvchi va 10 nafar   yosh  o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedra  quyidagi  ta’lim  yo‘nalishi  va   mutaxassislik  bo‘yicha  tahsil  oladigan  talabalarga  ta’lim-tarbiya  ishlarini  olib bormoqda:

 Bakalavriat   ta’lim    yo’nalishi:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili)

 Magistratura mutaxassisligi:

  • 5A120201Lingvistika (fransuz tili)

2

Kafedra  professor-o‘qituvchilari hamda  doktorantlari  muntazam  ravishda xorijda, xususan, Fransiya  va Rossiya  davlatlarida  o‘z malakalarini oshirib  kelmoqda. Kafedrada  o‘qitiladigan fanlar to‘liq  zamonaviy  axborot  kommunikativ  texnologiyalar  vositasida  hamda  maxsus jihozlangan  interaktiv   o‘quv  xonalarida  olib  boriladi.

Shuningdek, kafedraning  har bir  professor-o‘qituvchisi  fransuz  tilini  o‘qitishning  o‘ziga  xos  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalariga  asoslangan  ta’lim  usuliga  ega  bo‘lib,  mazkur  texnologiyalar bilimga  chanqoq  talabalarning fransuz tilini o‘rganish  jarayonida  muhim  o‘rin  egallamoqda.  Bunda  talabalar fransuz tilini o‘rganish hamda  o‘qitish metodikasiga  doir  Fransiyada  nashr  qildirilgan  o‘quv-uslubiy  adabiyotlar  bilan to‘liq  ta’minlangan. Bu borada Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi doimiy  ravishda  amaliy  yordam  berib kelmoqda. 

3

 

Kafedra jamoasi, asosan yoshlardan tashkil topgan. Chet tilini o’qitishning ilg’or metodikasi bilan tanishish maqsadida bir necha marotaba kafedraning professor-o’qituvchilari tarkibining bir qismi Yevropa mamlakatlarining o’quv markazlarida (xususan, D.Kiselyev “Atalante Innovation” centre de formation pédagogique (Limoges, France), Session de travail sur le manuel “Thé Ou Café” (Limoges, Bruxelles),   Tempus dasturi bo’yicha Fransiyaning Kan shahrida, D.Nasimova  va A.Balasanyan Vichy – Cavilam Alliance Française / L’Université de Clermont-Ferrand, N.Po’latova INJEP-  Parij shahrida  o’z  malakalarini oshirib kelganlar.

2010 yildan buyon filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi Nigorabonu Suvonova kafedra mudiri sifatida kafedrani boshqarib kelmoqda. 2013 yildan boshlab PQ-1875  qarori  ijrosini  ta’minlash  maqsadida kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar to’laligicha CEFR (Umumevropa chet tilini egallash kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish, baholash) talablari asosida olib borilmoqda. Kafedrada bakalavr yo’nalishida o’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan va ular zamon talabiga ko’ra davriy tarzda elektron shaklda yangilanib turiladi. 

 

 

4

KAFEDRADANING   ILMIY-USLUBIY  FAOLIYATI

Kafedraning o‘z  ilmiy  yo‘nalishi mavjud  va u “Zamonaviy  tilshunloslik  va lingvodidaktikaning kommunikativ  aspektlari”  deb  nomlanadi hamda   Mazkur  yo‘nalishda olib boriladigan ishlar bo‘yicha  maxsus strategik reja ishlab  chiqilgan. Kafedrada ilmiy ustuvor yo‘nalish bo‘yicha quyidagi ilmiy – tadqiqot  ishlari olib borilmoqda:

ü -2ta doktorlik dissertatsiyasi;

ü -o‘quv uslubiy  qo‘llanmalar

ü -magistrlik  dissertatsiyalari

ü -bitiruv malakaviy  ishlar 

ü -kurs ishlari

ü -ilmiy-uslubiy  maqola  va tezislar.

ü -“Kafedra ilmiy  yo’nalishi  doirasida  an’anaviy  Respublika ilmiy-amaliy  anjumani.

 

5

Kafedrada  ilmiy  salohiyat 35 % ni  tashkil etadi. Katta ilmiy xodimlardan Safarova U.  va Kiselev D.lar reja  asosida ish olib bormoqda. Ya’ni, 2019  va 2020  yillarda 2ta doktorlik  dissertatsiyasi himoyasi  kuzda tutilgan.

             Kafedrada  o‘qitildigan  barcha  fanlar bo‘yicha zamonaviy  talablar  asosida  yaratilgan o‘quv-uslubiy  majmualar bazasi  shakllantirilgan. Bundan  tashqari, kafedra jamoasi  tomonidan turli o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, dars  ishlanmalari hamda talabalarning mustaqil  ishlashi uchun topshiriq  to‘plamlari chop  ettirilgan.

6

 

KAFEDRANING   HAMKORLIK  FAOLIYATI

Kafedrada quyidagi tashkilotlar bilan inovatsion korporativ hamkorlik  yo‘lga qo‘yilgan:   - 2ta sayyohlik  firmasi;

 - 2ta pedagogika kolleji;

 - Tayanch  oliy  o‘quv yurti.

  • Ø Katta o‘qituvchilaridan Kiselev D. va Ataullaeva D.lar Fransiya  Akademiyasining “Akademiya palmasi” ordeniga  sazovor bo‘ldi.
  • Ø F.f.n. Kiselev D. va katta o‘qituvchi  Ataullaeva D. chet el granti – Erasmus loyihasi a’zosi.

 

7

 

  • Ø Parij sharq  tillari va sivilizatsiyasi  instituti (INALCO) professorlari tomonidan institutda ilmiy-uslubiy  seminarlar o’tkazib  turiladi.
  • Ø Kafedra o‘qituvchisi Kiselev D. 2015 yil noyabrda Voronej shahrida xalqaro anjumanda  ishtirok etib qaytdi.
  • Ø 2015yilda Fransiyadagi “Les Plaisances” kolleji dotsenti  Sh. Baek  xonim ixtuyoriy o‘qituvchi sifatidas talabalarga saboq berdi.
  • Ø 2015yilda Fransiyaning Kan  universiteti professorlari P.Larive  va L.Senozelar fransuz tili o‘qituvchilari uchun  masofali  ta’lim  bo‘yicha  seminar -trening  tashkil etdi.
  • Ø 2016 yilda Fransiyaning Kan  universiteti professori P.Larive    fransuz tili o‘qituvchilari uchun  interaktiv  ta’lim  bo‘yicha  seminar -trening  tashkil etdi.
  • Ø 2016 yilda Fransiyadagi Fransua Rable аблеРабле  Рабле Instituti o‘qituvchisi J.Lekont  master-klasslar tashkil etdi.
  • Ø Kafedra o‘qituvchilari Nasimova D. va Balasanyan A. “Fronkofoniya” tanlovida maxsus grant sohibi  bo‘lib, Fransiyaning Vishi  shahrida fransuz  tilini xorijiy  til sifatida o‘qitish bo‘yicha malaka  oshirdi.
  • Ø Fransuz tili  yo‘nalishi talabalari har yili  Fransiyaning “Lion’s Club” nomli xalqaro yozgi dasturida faol ishtirok etib, tegishli sertifikatlar sohibi  bo‘lishdi. 2014 yilda 2 nafar, 2015 yilda 4 nafar, 2016 yilda 3 nafar,  2017 yilda 5 nafar talaba mazkur  xalqaro dasturda  ishtirok etdi.

8

 

KAFEDRANING   MA’NAVIY-MA’RIFIY  FAOLIYATI

Кafedra  jamoasi yosh  avlodni milliy  ma’naviy – ma’rifiy  qadriyatlar  asosida   tarbiyalash  ishlariga  munosib  hissa  qo‘shib  kelmoqda. Xususan, an’anaviy  tarzda  o‘tkaziladigan Navoiyxonlik va  Boburxonlik kechalari, shuningdek, turli milliy  bayramlar  va bellashuvlar, kecha  hamda  uchrashuvlar  yoshlarni  milliy qadriyatlarimiz  ruhida  tarbiyalashga xizmat  qilmoqda. Har bir  ma’naviy  tadbirlarning o‘tkazilishi, albatta,  talabalarning  mahorati  va undagi murabbiy  ustozlarning  tinimsiz  mehnati samarasi evaziga  paydo  bo‘ladi.

Talabalarning  ota-onalari bilan muloqot jarayoni to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lib, har yili ota-onalar bilan himkorlikda  turli madaniy tadbirlar  o‘tkazib  turiladi. Talabalar turli xil sport  musobaqalari  va ko‘rik-tanlovlar g‘olibidir. Shuningdek, kafedrada har bir talaba USTOZ-SHOGIRD  tizimi asosida   albatta, doimiy  ma’naviy tafakkur muhitida  tahsil olmoqda. 

 

9

 

Kafedra  manzili: Samarqand  shahar Bustonsaroy  ko’chasi-93.

SamDCHTI  Roman-german  tillari fakulteti  binosi, 6-qavat, 64-xona.