Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

INSTITUTGA KIRISH UCHUN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR RO`YXATI

Bakalavr ta'lim yo`nalishlariga

Abituriyentlarning o`qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham), O`zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • o`rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086-U — shakl bo`yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  • 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo`lim abituriyentlari uchun);
  • rektor nomiga ariza;
  • tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;
  • abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko`rsatiladi.

 

Magistratura mutaxassisligiga:

Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo`lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • magistratura mutaxassisligi ko`rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko`chirma — O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo`yicha o`qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
  • chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo`lgan holda)
  • 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • 086-U — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko`rsatadilar.

 

Ikkinchi va undan keyingi oliy (o`rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olmoqchi bo`lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
  • oliy (o`rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to`g`risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o`rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o`tkazilgan bo`lishi lozim);
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
  • 086-U shakl bo`yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

 

Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko`rsatiladi.