Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Jaholatga qarshi ma’rifat

2017 yil 22 may kuni institutning hamkor tashkilotlar bilan  “Talaba-yoshlar o’rtasida diniy ekstremizm, xavfsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish bo’yicha 2017 yil may oyiga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasi”ga binoan institutning magistratura 1-bosqich talabalari bilan “Odam savdosi muammolari va unga qarshi kurashish yo’llari”, “Giyohvandlik balosi – umr kushandasi”, “Terrorizmning asl maqsadi va unga qarshi kurashish”, “Diniy oqimlar va sektalarning maqsad-muddaolari” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.

1

2

3

Davra suhbatida viloyat IIB bosh mutaxassisi B.Aminov, Samarqand shahar prokurori yordamchisi, leytenant  I.Muminova, Samarqand shahar “Namozgoh” masjidi imom-xatibi H.Po’latovlar ishtirok etishib, odam savdosi mammosining salbiy oqibatlari, kelib chiqish sabablari, bugungi kundagi holati, terrorizmning asl maqsadi va muddaolari, diniy ekstremistik oqimlarning dunyo miqyosida keltirayotgan zararlari hamda giyohvandlikning achinarli oqibatlari to’g’risida ma’ruzalar qilishdi va bu kabi illatlarga qarshi kurashish va ularni bartaraf etishga faqat ma’rifat bilan erishish mumkinligini ta’kidlashdi.

4

5

6

7

Davra suhbatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi. 

8