Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Biz sog‘lom turmush-tarziga rioya qilamiz!

31 may «Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni» munosabati bilan ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan “Biz sog‘lom turmush-tarziga rioya qilamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

1

2

Unda Salomatlik va tibbiy statistika instituti uslubchi vrachi X.Yarbekov, Samarqand viloyat narkologiya dispanseri vrachi G.Jamilova, Respublika valeologlar assotsiatsiyasi valeologlari Z.Murzamdamova, G.Otaqulova, salomatlik maslahat markazi vrachi Yu.Sattarova va hamshira F.Naimovalar ishtirok etishib, talabalarga chekishning inson salomatligiga keltiradigan zararli oqibatlari, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, chekish o‘limga sabab bo‘luvchi ikkinchi katta omil ekanligi, oldini olsa bo‘ladigan sabablar ichida esa u birinchi o‘rinni egallashi, shu bilan birga, passiv yoki nofaol chekish sog‘liqqa yanada jiddiyroq ziyon etkazishi to‘g‘risida ma’lumotlar berishib, tamaki mahsulotlari iste’mol qiluvchilarni chekishni tashlashga, chekmaydiganlarni esa sigaretadan uzoq yurishga va sog‘lom turmush-tarziga doimo rioya etishga chaqirishdi.

3

5

4

Tadbir davomida chekishning inson salomatligiga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi idoroliklar va taqdimotlar namoyish etildi.
Tadbirni ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Mamasoliev olib bordi.