Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

AL va KHK bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya

Institutimizda 26-27-may kunlari ta’lim tizimida uzluksizlik va uzvijlikni ta’minlash maqsadida “Kollej va litseylarda xorijiy til ta’limi: xorijiy tajriba va zamonaviy tendensiyalar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyani institutimizning fransuz tili va adabiyoti kafedrasi viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etdi.

IMG_0596

IMG_0371

Konferensiyaga viloyatdagi akademik litsey va kasb hunar kollejlaridan pedagog-xodimlar va iqtidorli talabalar taklif etildi. Konferensiyaning ochilish majlisida ta’lim tizimida ro’y berayotgan yangiliklar, ta’lim tizimida uzluksizlik va uzvijlikni ta’minlash borasidagi muammolar haqida qiziqarli chiqishlar bo’ldi. Ma’ruzalardan so’ng qizg’in muhokama boshlandi, savol-javoblarda pedagog-xodimlar ham o’quvchi talabalar ham faol ishtirok etishdi.

IMG_0607

IMG_0596

Konferensiya jarayonida ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha AL va KHK o’qituvchilari uchun master-klasslar tashkil etildi va ushbu master-klasslarni xorijlik mutaxassislar o’tib berishdi. Iqtidorli kollej va litsey o’quvchilari ham alohida o’quv xonasida o’zlari yozishgan maqolalari va taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

IMG_0286

IMG_0325

Konfernsiya yakunida barcha faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Konferensiyani an’anaviylashtirishga kelishib olindi.