Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Yosh kitobxonlar” ko’rik-tanlovi saralash bosqichi o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 maydagi  310-sonli buyrug’iga asosan 2017 yil 30 may kuni SamDUda “Yosh kitobxonlar” Respublika ko’rik-tanlovining viloyat OTMlari o’rtasidagi saralash bosqichida o’tkazildi. Tanlovda Yorqulov Muhammadmurod, Shermanova Diyora, Ashurova Zarina, Bozorov Bunyod, Maxmudova Shaxlo, Shukurova Baxtigullardan iborat jamoa “Kamolot” YoIH institut BT yetakchisi Nabiyev Shaxboz hamda ARM yetakchi mutaxassisi Mavlonova Lobarlar rahbarligida ishtirok etishdi.

Tanlov yakunida talabalar Shermanova Diyora “Eng faol badiiy asarlar targ’ibotchisi” yo’nalishi bo’yicha, Ashurova Zarina “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo’nalishi bo’yicha, Shukurova Baxtigul “Asarlardan yaralgan navolar” yo’nalishi bo’yicha 2-o’rinni qo’lga kiritishdi.

Institut rahbariyati talabalarni qo’lga kiritgan yutuqlari bilan qutlaydi hamda ularning kelgusida bundan ham yuqori natijalarga erishishini tilaydi.

IMG_20170530_115914

IMG_20170530_125016

IMG_20170530_125357

IMG_20170530_125407

IMG_20170530_125516