Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Nagoya universiteti vakillari SamDCHTIga tashrif buyurdi

Joriy yilning 3 iyun kuni Yaponiyaning Nagoya universiteti Osiyo satellit kampuslari instituti direktori Fumio Isoda, Nagoya universiteti ilmiy aloqalarni rivojlantirish Markazi professori Sudji Atsuko, Nagoya universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Minoura Yumiko, Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori Eldorjon Elmurodovlardan iborat delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

IMG_0890

IMG_0931

         Nagoya universiteti vakillari Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati bilan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy-tadqiqot, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvi, hamkorlikda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, hamkorlikda ilmiy amaliy anjumanlar o‘tkazish, institutda Nagoya universiteti bilan hamkorlikda “Yapon tili va madaniyati markazi”ni tashkil etish va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr almashdi.  

IMG_0934

IMG_0940

Shuningdek, mehmonlar ishtirokida institutning yapon tili yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.  

IMG_0943

IMG_0953

Suhbat davomida xorijlik mehmonlar va institut talabalari hamda o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Nagoya universiteti vakillari taklif uchun minnatdorchilik bildirdi va institutda yapon tili o‘qitilish jarayonini yuqori baholadi.