Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovi o’tkazildi

2017 yil 6 iyun kuni Samarqand davlat universitetida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovning dastlabki bosqichi may oyining  ikkinchi o’n kunligida brcha oliy ta’lim muassasalarida o’tkazilgan edi. Tanlovning institutimizda o’tkazilgan bosqichida 37 nafar talabalar ishtirok etishib, unda ingliz tili fakulteti 1-bosqich talabasi Eshboyeva Surayyo g’olib chiqdi va keyingi hududiy bosqichga yo’l oldi.

20170606_113750

Samarqand davlat universitetida bo’lib o’tgan hududiy bosqichda viloyatimizdagi barcha OTMlardan g’olib talabalar ishtirok etishdi. Unda o’zining H.O’sarova she’ri va A.Turdiyev musiqasi ostida “Ona yurt” nomli qo’shig’i bilan ishtirok etgan institutimiz talabasi Surayyo Eshboyeva faxrli 2-o’ringa loyiq deb topildi.

Эшбоева Сурайё

Institutimiz rahbariyati Eshboyeva Surayyoni qo’lga kiritgan muvaffaqiyati bilan qutlaydi va kelgusida bundanda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishini tilaydi.