Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar institutiga 2017-2018 o’quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish boshlandi

Abituriyentlarni qabul qilish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi “2017/2018 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risida”gi PQ-2955-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 maydagi “2017/2018 o’quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish to’g’risida”gi 289-sonli buyrug’i asosida tashkil etilmoqda.

2017/2018 o’quv yilida institutga 604 nafar abituriyentlar talabalikka qabul qilinadi. Shundan 175 nafari davlat granti asosida, 429 nafari to’lov-kontrakt asosida tahsil olishadi.

Institut magistraturasiga esa joriy yilda jami 66 nafar magistrlar qabul qilinadi. Shundan 11 nafari davlat granti asosida, 55 nafar to’lov-kontrakt asosida tahsil olishadi.

2017 yilning 15 iyunidan boshlab, Samarqand davlat chet tillar institutida 2017-2018 o’quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Shu kunning o’zida ilk abituriyentning hujjatlari qabul qilindi. Atamurodova Mavzuna birinchilardan bo’lib Samarqand davlat chet tillar institutiga talaba bo’lish istagida o’z hujjatlarini topshirdi. Institut qabul komissiyasi a’zolari Atamurodova Mavzunani iliq munosabatda guldastalar bilan kutib olishdi.

1

-       “Bugun men uchun quvonarli va hayajonli kun. Negaki, men o’zim orzu qilgan yurtimizning eng nufuzli institutlaridan biri bo’lmish Samarqand davlat chet tillar institutiga birinchilardan bo’lib hujjatlarimni topshirishga muyassar bo’ldim” deydi Mavzuna Atamurodova.

2 

Qabul komissiyasi a’zolari abituriyentga omad va talaba bo’lish baxtini tilashdi.

3 

Samarqand davlat chet tillar institutiga abituriyentlardan qabul qilingan hujjatlar haqidagi ma’lumotlar 2017 yil 15 iyundan boshlab muntazam ravishda, belgilangan muddatlarda e’lonlar taxtasiga hamda www.samdchti.uz saytining “Abituriyent” bo’limiga joylashtirilib boriladi.

4