Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Malayziyaning Sultan Idris universiteti bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi

24 iyul kuni institutga Malayziyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dato Nor Aini Abd Hamid hamda Malayziyaning Sultan Idris universitetidan direktorlar Kengashi raisi janob Ahmad Sani Araby Dato Abdul Alim Araby, vitse-kansler professor Dato Shatar Sabron, vitse-kansler o’rinbosari professor  Sahandri Gani Hamzah, tillar va kommunikatsiya fakulteti dekani dotsent Nor Azmi Mostafa, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i dotsent Intan Safinaslardan iborat delegatsiya  tashrif buyurdi.

IMG_7606

Mehmonlar bilan institut rektori I. Tuxtasinov, prorektorlar, dekanlar va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. 

IMG_7611

Rasmiy uchrashuvda ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qilish, qo’shma konferensiyalar tashkil etish, talaba va o‘qituvchilar almashinish dasturi, malaka oshirish kurslari, doktorantlar almashinuvini yo’lga qo’yish hamda hamkorlikda turli xalqaro loyihalarda ishtirok etish bo’yicha Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

IMG_7641

Uchrashuvdan so’ng mehmonlar institut til va madaniyat markazlari, institut qoshidagi Konfutsiy Instituti va yangi tashkil etilgan “Smart Classroom” xonasi va jihozlari  bilan tanishishdi.

IMG_7666

IMG_7673