Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi oldidan umumta’lim muassasalarini 2017-2018 o’quv yiliga tayyorgarligini tashkil etish bo’yicha tajriba almashuv seminari o’tkazildi

2017 yil 9 avgust kuni Ishtixon tumanida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi oldidan ta’lim muassasalarini 2017-2018 o’quv yiliga tayyorgarligi bo’yicha tajriba almashuv seminari o’tkazildi.

1

2

Seminarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.To’xtasinov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H. Norqulov ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi oldidan 2017-2018 o’quv yiliga ta’lim muassasalarini tayyorligi bo’yicha tajriba almashuv seminarlari respublikaning barcha hududlarida tashkil etilayotganini va ushbu anjumanlar ta’lim muassasalarining mamlakatimiz bolalarini ilm sirlarini egallash uchun  yangi o’quv yiliga shay holda bo’lishi lozimligi har bir ta’lim sohasi xodimlarining mas’uliyatli burchi ekanligini ta’kidlashib, har bir o’qituvchi o’z fanining fidoyisi bo’lishi, har bir o’quvchini shu yurtga xizmat qiladigan shaxs qilib tarbiyalashi,  o’quvchilar mening farzandlarim, ular bilimli, aqlli, dono va zukko bo’lib shakllansa men ham faxrlanaman degan tuyg’uni mujassam etishi to’g’risida o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.  Shuningdek, o’quvchilarning kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarida o’qishlarini davom ettirishlari bo’yicha zaruriy tavsiyalarni berib o’tishdi.

4

5

6

Shundan so’ng tumandagi 93 ta umumta’lim maktablarining rahbarlaridan iborat seminar ishtirokchilari namunali tashkil etilgan Ishtixon tuman 1-son ixtisoslashtirilgan davlat  umumta’lim maktabidagi sharoitlar bilan tanishishdi.

7

8

Mustaqillik bayramiga qadar viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridagi maktablar ana shunday numanadagi kabi jihozlanib, yangi o’quv yiliga tayyorlanadi.

9

10