Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Birinchi kurs talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi

2017-yil 4-sentyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti prorektorlarining o’z jamoasi bilan ingliz tili, roman-german tillari, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlarida “Birinchi kurs maktabi” mashg’ulotlari doirasida1-kurs talabalari bilan uchrashuvlari tashkil etildi.

1

2

Jumladan, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov hamda dekan o’rinbosarlari Yu.Azzamov, O.Tilavovlar 1-kurs talabalari bilan fakultetdagi shart-sharoitlar va tartib intizom haqida suhbatlashishgan bo’lsa, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Mamasoliyev, xotin-qizlar kengashi raisi M.Handamova, xodimlar kasaba uyushmasi raisi I.Salomov, talabalar turar joyi mudiri Sh.Tilavovlar 1-kurs talabalariga o’zlarining faoliyat sohasi bo’yicha ma’lumotlar berishdi.

3

4

Shuningdek, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Sh.Ashurov va AL va KHKlar bilan ishlash bo’yicha prorektor B.Primov ingliz tili fakultetida, o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov roman-german tillari fakultetida o’z jamoalari bilan fakultetlarning 1-kurs talabalari bilan uchrashishdi hamda o’quv va ilmiy-uslubiy faoliyat hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan olib boriladigan ishlar to’g’risida ma’lumotlar berishdi.

5

6

Uchrashuvlarda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Prorektorlarning boshqa fakultetlarda ham 1-kurs talabalari bilan uchrashuvlari davom etadi.