Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Mustaqillik darslari” o’tkazildi

2017 yil 6 sentyabr kuni yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi, Samarqand davlat chet tillar institutida ham “Mustaqillik darsi” mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Mashg’ulotda SamDChTI ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’lim boshlig’i Sh.To’rayev, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Mamasoliyev, dekan o’rinbosarlari O’.Sattarov, O.Tilavov, M.Ergashev hamda 200 nafar institut o’qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

1

2

3

Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’lim boshlig’i Sh.To’rayev so’zga chiqib, har yili yurtimiz ta’lim muassasalarida an’anaviy tarzda “Mustaqillik darslari” mashg’ulotlari tashkil etilib kelinayotgani, bu yil ham yurtimizda Mustaqillik bayrami “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida keng nishonlanayotgani, mustaqillik davrida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilgani, shaharu-qishloqlarimiz qiyofasi kundan-kunga o’zgarib borayotgani, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tom ma’noda Mustaqilligimizning me’mori va asoschisi ekanligi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, bu borada biz ham bugungi erkin va farovon kunlarning qadrini, Vatanimiz, uning istiqboli oldidagi burchimizni chuqur anglashimiz mumkinligini ta’kidladi.

4

5

6

Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.