Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari

2017 yil 13 sentyabr kuni “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

1

Davra suhbatini institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ochib, haftaning har chorshanba kuni yurtimizda “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” deb e’lon qilinganini ma’lum qildi va bugungi tadbir ham shu munosabat bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida tashkil etilayotganini aytib o’tdi. Ishtirokchilarni  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan tanishtirib, so’zni mayor R.Abdualimovga berdi.

6

R.Abdualimov so’zga chiqib, favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishining oldini olish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar to’g’risida gapirib, uyda, jamoat transportida, ish yoki o’qish joyida, sayrga chiqqanda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar, ularning xavfi va tahdidini bartaraf etish choralari, aholining hayoti va sog’ligiga xavf tug’ilganda ularga o’z vaqtida va kompleks yordam berilishini ta’minlash bo’yicha ma’lumotlar berib o’tdi.

4

7

Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.