Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Osmonni, o’zingni asra - ozon qatlamini himoyala

1987 yil 16 sentyabrda 36 ta mamlakat vakillari tomonidan ozon qatlamini buzuvchi moddalarni ishlab chiqarishni cheklash yoki butunlay to’xtatib quyish to’g’risida hujjat imzolandi.

1994 yil BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan 16 sentyabr kuni ozon qatlamini xalqaro muhofaza qilish kuni (International Day for the Preservation of the Ozone Layer) deb e’lon qilindi.

Ushbu kun ozon qatlamiga zarar keltiruvchi moddalar bo’yicha Monreal bayonnomasini imzolash kuniga bag’ishlab belgilangan va 1995 yildan buyon bayram sifatida nishonlanadi.

Shu maqsadda 2017 yil 13 avgust kuni institutda Ozon qatlamini xalqaro muhofaza qilish kuniga  bag’ishlab “Osmonni, o’zingni asra - ozon qatlamini himoyala” mavzusida mutaxassislar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

photo_2017-09-13_16-44-28

photo_2017-09-13_16-44-42

Unda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi xodimlari T.Hoshimov, A.Shirov, N.Qurbonovalar so’zga chiqishib, talabalarga ozon qatlami, uning yupqa gazli qobiq ekanligi, Yerni quyosh radiasiyasi muayyan qismining halokatli ta’sirdan himoya qilishi, shu bilan bir qatorda sayyoramizdagi hayotni saqlashi, ozon qatlamining ulkan yopinchiq kabi yer ustidan koinot uzra cho’zilgani, bu qatlam qachonlardir tugasa, butun biosfera hamda barcha tirik mavjudotlar uchun xavf tug’dirishi, ultrabinafsha nurlar insonga to’g’ri kelib tushishi natijasida, teri saratoni, ko’rlik va boshqa kasalliklar kelib chiqishi to’g’risida ma’lumotlar berishdi.

Davra suhbatida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.