Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta "Barkamol avlod" markazi mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institut faoliyat ko‘rsatmoqda. 


Amaldagi tartibga asosan xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5-yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar. 

Shu bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. 

O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Natijada umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati davomida fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar. 

Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining: 

Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berish; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini (keyingi o‘rinlarda Hududiy markazlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tashkil etish; 

Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 

2. Hududiy markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 

xalq ta’limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish; 

xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish; 

masofadan o‘qitish usullari asosida xalq ta’limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish; 

tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish; 

buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish; 

o‘quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish; 

innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish. 

3. Belgilansinki, Hududiy markazlar: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; 

yuridik shaxs maqomiga ega davlat ta’lim muassasasi bo‘lib, o‘z mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yoziladigan muhriga ega bo‘ladi; 

ilmiy-metodik ta’minoti oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari tomonidan amalga oshiriladi; 

o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga yuqori malakali mutaxassislar hamda o‘rindoshlik yoki soatbay haq to‘lash asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari jalb etiladi; 

xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi. 

4. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari D.Nabiyev: 

bir oy muddatda joylarga chiqqan holda mazkur qarorga asosan tashkil etilayotgan Hududiy markazlar joylashishi, faoliyati sifatli ta’minlanishi sharoitlarini tahlil qilsin; 

ikki oy muddatda Hududiy markazlarni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rsin; 

har uch oyda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berib borsin. 

5. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Hududiy markazlar uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: 

xalq ta’limi tizimi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakalarini oshirish ishlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish; 

ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish; 

qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish; 

ta’limning ilg‘or shakl va usullari, zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga joriy etish asosida rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish choralarini ko‘rish; 

pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi xorijiy tajribalarni, shuningdek, eng yaxshi ta’lim muassasalarining yutuqlarini ommalashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish. 

6. Tasarrufida Hududiy markazlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari: 

bir oy muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Hududiy markaz faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 

ikki oy muddatda Hududiy markazlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash, jumladan, yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatib, onlayn rejimda malaka oshirish tizimini tashkil etsin; 

xalq ta’limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etishga shaxsan mas’ul etib belgilab qo‘yilsin. 

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin va unda quyidagilar nazarda tutilsin: 

Hududiy markazlar faoliyatini tashkil etish va ularning namunaviy tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash; 

Hududiy markazlar namunaviy tashkiliy tuzilmasini hamda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda, o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etishda ta’lim turlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash; 

har bir Hududiy markaz faoliyatini rivojlantirish konsepsiyalarini tasdiqlash. 

8. Hududiy markazlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tahlil qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev boshchiligida maxsus komissiya tashkil etilsin. 

9. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi vazirlariga har ikki oyda Hududiy markazlarda malaka oshirgan va qayta tayyorlangan xalq ta’limi xodimlarining joylardagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotini hamda Hududiy markazlar faoliyatini takomillashtirish choralari bo‘yicha takliflarini maxsus komissiyaga kiritib borish vazifasi yuklatilsin. 

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining: 

Pedagog kadrlar malakasini oshirishni nazorat qilish bo‘limi negizida, Xalq ta’limi vazirligining Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limini tugatish hisobiga qisqaradigan 2 ta shtat birligini o‘tkazishni inobatga olgan holda, 5 ta shtat birligidan iborat Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilish boshqarmasi tashkil etilsin; 

Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasiga qo‘shimcha 1 ta shtat birligi ajratilsin. 

11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududiy markazlarni saqlash xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2017-yilgi parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 

12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: 

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; 

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2017-yil 26-sentabr 



* * * 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga
SHARH 
 

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta "Barkamol avlod" markazi mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institut faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Amaldagi tartibga asosan xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5-yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar. 

Shu bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. 

O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Natijada umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati davomida fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar. 

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar davomida hamda pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Qarorda: 

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berish; 

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini tashkil etish; 

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufiga berish. 

Tashkil etilgan Hududiy markazlarning maqsad, vazifalari hamda yuridik maqomlari belgilangan. 

Qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik normativ asoslarini ishlab chiqish, ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklatilgan. 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Hududiy markazlar uchun xalq ta’limi tizimi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakalarini oshirish ishlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish, namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan. 

Hududiy markazlar faoliyatini tashkil etish va ularning namunaviy tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash hamda ularni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar va muddatlar belgilangan. 

Ish hajmini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining shtatlar birligi yangidan tasdiqlangan. 

Qaror O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini ko‘tarishga xizmat qiladi. 

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta "Barkamol avlod" markazi mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institut faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Amaldagi tartibga asosan xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5-yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar. 

Shu bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. 

O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Natijada umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati davomida fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar. 

Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining: 

Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berish; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini (keyingi o‘rinlarda Hududiy markazlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tashkil etish; 

Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 

2. Hududiy markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 

xalq ta’limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish; 

xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish; 

masofadan o‘qitish usullari asosida xalq ta’limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish; 

tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish; 

buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish; 

o‘quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish; 

innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish. 

3. Belgilansinki, Hududiy markazlar: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; 

yuridik shaxs maqomiga ega davlat ta’lim muassasasi bo‘lib, o‘z mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yoziladigan muhriga ega bo‘ladi; 

ilmiy-metodik ta’minoti oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari tomonidan amalga oshiriladi; 

o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga yuqori malakali mutaxassislar hamda o‘rindoshlik yoki soatbay haq to‘lash asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari jalb etiladi; 

xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi. 

4. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari D.Nabiyev: 

bir oy muddatda joylarga chiqqan holda mazkur qarorga asosan tashkil etilayotgan Hududiy markazlar joylashishi, faoliyati sifatli ta’minlanishi sharoitlarini tahlil qilsin; 

ikki oy muddatda Hududiy markazlarni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rsin; 

har uch oyda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berib borsin. 

5. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Hududiy markazlar uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: 

xalq ta’limi tizimi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakalarini oshirish ishlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish; 

ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish; 

qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish; 

ta’limning ilg‘or shakl va usullari, zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga joriy etish asosida rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish choralarini ko‘rish; 

pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi xorijiy tajribalarni, shuningdek, eng yaxshi ta’lim muassasalarining yutuqlarini ommalashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish. 

6. Tasarrufida Hududiy markazlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari: 

Elektron pochta

Sayt yangilangan sanasi: 19.10.2017