Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institut rektorining tabrik so'zi

IMG_1207

Hurmatli  Ustozlar! Muhtaram hamkasblar

          Sizni umumxalq bayramimiz – 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan butun pedagogik jamoamiz hamda shogirdlaringiz nomidan samimiy qutlaymiz

Biz Siz bilan yelkama-yelka faoliyat olib borayotgan o’ta sharafli va shu bilan birga undan-da murakkab jabha – Mustaqil yurtimiz  yoshlariga oliy ta’lim berishdek  sermashaqqat- soxada hamkasb ekanligimizdan  mamnunmiz. Biz jamoamizda aynan Siz kabi ilg’or tafakkurli ziyoli insonlar faoliyat olib borishayotganligidan samimiy g’ururlanamiz. Siz o’sib kelayotgan barkamol yoshlarni, vatanparvarlikka, fidoyilikka va yangidan yangi ilm cho’qqilariga yetaklayotgan zaxmatkash va benazir insonlarsiz. Zero, 2017-Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi va g’oyasi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakat strategiyasi - hayotiy dasturining besh ustivor yo’nalishlari doirasida jamoamiz oldida har qanday mas’uliyatli vazifa hamda topshiriqlar qo’yilmasin, biz siz bilan hamjixatlikda albatta ularni muvaffaqiyat bilan uddalaymiz va yanada yuksak marralarga erishamiz.

Hurmatli  Ustozlar! Muhtaram hamkasblar! Ana shunday shukuhli kunlarda, Sizlarni kasb bayramlaringiz bilan yana bir bor butun jamoa nomidan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysiz. Mana shunday xayajonli onlarda Siz biz uchun qanchalik qadrli ekanligingizni, Sizni benihoyat xurmat qilishimizni va Sizga barcha sohalarda suyanib qolishimizni yana bir karra ta’kidlayman.

Muborak O’zbekistonimiz xalqi, shogirdlar va ahil jamoamiz, oilangizu farzandlaringiz baxtiga doimo sog’ va omon bo’ling! Ilmiy va ijodiy parvozlar hamroxingiz bo’lsin!

SamDChTI rektori  I.M.Tuxtasinov