Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Qutlov!

O‘zbekison Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 sentyabragi “2017-2018 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) tayinlash to‘g‘risida”gi 689-sonli buyrug‘iga asosan Ingliz tili fakulteti 4-kurs talabasi Faleeva Anastasiya Vadimovna Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

Shuningdek Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ashurova Zarina Shuxrat qizi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lishdi.

SamDCHTI rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi Faleeva Anastasiya va Ashurova Zarinalarni chin qalbdan tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlariga ulkan zafarlar tilab qoladi.