Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Haqiqiy Ustoz qalbi bilan gaplashadi

2017 yil 30 sentyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida 1 oktyabr – «O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami  katta tantanalar bilan nishonlandi. Dastlab institut faollar zalida yig’ilgan mehnat faxriylari, yoshi ulug’ ustozlar, eng katta yutuqlarga erishgan yosh o’qituvchi va faol talabalar jamlanishdi.

1

2

3

Tadbirni instituti rektori I.M.Tuxtasinov tabrik so’zi bilan boshladi: «Biz siz kabi ilg’or tafakkurli insonlar bilan hamkasb va zamondosh ekanligimizdan faxrlamiz», deya tugatilgan tabrik so’zidan so’ng, ustozlarga anvoyi gullar va estalik sovg’alari ulashildi.

4

5

6

Shundan so’ng talabalar  tomonidan tayyorlangan ikki qismdan iborat badiiy chiqishlarning «Ustozlarga ta’zim» deb nomlanuvchi birinchi qismi sahnada namoyish etildi.

7

8

9

         Bayram tadbiri institut bayramona bezatilgan talabalar oshxonasida, dasturxon atrofida davom ettirildi. Institut pedagogik jamoasining deyarlik barchasi ishtirok etgan  bayram tadbiri talabalar tayyorlagan  badiiy chiqishlarning «Sizni sharaflaymiz, Ustozlar!» deb nomlanuvchi ikkinchi qismi bilan davom ettirildi. Tadbir davomida ustozlarga osh tortilib, estalik sovg’alari ulashildi. Bayram ko’tarinki ruhda o’tkazilib sho’x raqslarga ulanib ketdi.