Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Shanxay universitetining delegasiyasi SamDChTIda

7 oktyabr kuni SamDChTIda Shanxay universitetining(XXR) ilmiy-tekshirish va san’at instituti direktori Luo Hongcai hamda ekspertlar Li Xeyli va Yu Menkunlardan iborat delegasiya kutib olindi.

IMG_9741

Institut qoshidagi Konfutsiy Institutida tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda delegatsiya vakillari bilan prorektorlar F. Ro’ziqulov, Sh. Ashurov, professor Sh.Safarov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov,  Konfutsiy Instituti direktori Lu Tao hamda SamDU Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i M.Nosirovlar ishtirok etishdi.

IMG_9753

IMG_9780

Uchrashuv davomida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, san’at, madaniyat va boshqa sohalarda bir qator hamkorlik ishlarini amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.

IMG_9792 

Jumladan, hamkorlikda xitoy va o’zbek milliy hunarmandchiligi buyumlari va boshqa amaliy san’at asarlari ko’rgazmalarini tashkil etish, ularni ilmiy tadqiq etishda yaqin aloqalarni o’rnatisga kelishildi.