Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Diego Ruiz institut rektori bilan uchrashdi

Joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik» mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiya ishtirokchisi, Ispaniyaning Rossiyadagi elchixonasi O’zbekiston masalalari bo’yicha rahbari Diego Ruiz Alonsa Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

photo_2017-11-14_11-37-49 (4)

Diego Ruiz institut rektori bilan uchrashuv chog’ida Samarqand shahrida bo’lib o’tayotgan Xalqaro konferensiyada ishtirok etayotganidan juda ham mamnun ekanligi, O’zbekistondа, jumladan Samarqandda bo’layotgan o’zgarishlar haqida ijobiy fikr bildirdi.

photo_2017-11-14_11-37-49 

photo_2017-11-14_11-37-49 (3) 

Diego Ruiz Samarqand davlat chet tillar institutida ispan tili asosiy chet tili sifatida o’qitilishi, bu yo’nalishda 9 nafar mahalliy o’qituvchi 80 nafardan ortiq talabarga saboq berayotganligi O’zbekistonda xorijiy tillarni o’rgatishga yuqori e’tibor berilayotganidan dalolat berishini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Ispaniya elchixonasi ham Samarqand davlat chet tillar institutida ispan tili yo’nalishini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shishini, ispan tili mutaxassisi hamda o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashda, Ispaniya oily ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishda yaqindan ko’mak berishini ma’lum qildi.