Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDCHTI va Janubiy Koreyaning Sun Moon Universiteti o'rtasida hamkorlik bo'yicha Shartnoma imzolandi

Samarqand davlat chet tillar institutiga joriy yilning 14 noyabr kuni Janubiy Koreyaning Sun Moon Universitetidan 3 nafar professor hamda 22 nafar talabalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya institutning o'quv va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

DSC_0739

DSC_0741

Sun Moon Universiteti rahbariyati (prof. Nam Bu Hyun, prof. Yu Youl Choi, prof. Hyun Lee) institut rektori I.M.Tuxtasinov bilan rasmiy uchrashuvda pedagog-xodimlar va ilmiy kadrlarning kasbiy, ta`limiy hamda amaliyotga yo'naltirilgan dasturlarni o'zlashtirishlariga, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ilg'or ilmiy tadqiqotlar yutuqlari bilan tanishishlariga sharoit yaratish, o'quv jarayonlariga yuqori malakali olimlar, o'qituvchi va mutaxassislar hamda talabalar almashinuvini amalga oshirish, birgalikda o'quv va ilmiy adabiyotlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

DSC_0762

Muhokamalar so'nggida ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qilish, qo’shma konferensiyalar tashkil etish, talaba va o‘qituvchilar almashinish dasturi, malaka oshirish kurslari, doktorantlar almashinuvini yo’lga qo’yish hamda hamkorlikda turli xalqaro loyihalarda ishtirok etish bo’yicha hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

DSC_0788

DSC_0792

DSC_0808

Shuningdek, tashrif doirasida SamDCHTIning koreys tili yo’nalishi talabalari ishtirokida seminar-trening hamda koreys va o’zbek milliy madaniyatiga bag’ishlangan madaniy tadbir ham tashkil etildi.

DSC_0849

Sun Moon Universiteti delegatsiyasi uchun 2 kun davomida SamDChTIda Buyuk Ipak Yuli tarixi, o’zbek tili va madaniyati mavzularida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.