Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrifi buyurdi

Joriy yilning 9 yanvar kuni Samarqand Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Bosh konsuli janob Soy Chjon-Xo tashrif buyurdi.

photo_2018-01-09_12-16-03

photo_2018-01-09_12-16-10

Institutda mehmonlar bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda institut  rektor I.Tuxtasinov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov, sharq tillari kafedrasi mudiri D.Turaeva va koreys tili o‘qituvchisi M.Baymatovalar ishtirok etishdi.

photo_2018-01-09_12-17-31

Uchrashuv davomida Soy Chjon-Xo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Janubiy Koreyaga amalga oshirilgan tashrifi madaniyat, iqtisod, savdo-sotiq sohalari bilan birgalikda ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga va rivojlantirishga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi. Madaniyatlarimiz yaqinligi va O‘zbekistonnning boy tarixga ega ekanligi uchun Koreya fuqarolarining ko‘pchiligi O‘zbekistonga kelishga juda qiziqishi bildirdishini ma’lum qildi. Bu esa iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda turizmni rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratishini bildirdi. Konsulning SamDCHTIga tashrifidan asosiy maqsadi Samarqandda koreys tilini o‘qitishni rivojlantirishdagi muammolarni o‘rganish va ularni echimini topishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatish ekanligini bildirdi.

photo_2018-01-09_12-18-12

Uchrashuvdan so‘ng Soy Chjon-Xo institutda faoliyat olib borayotgan KOICA tashkiloti ko‘ngilli o‘qituvchisi Kang Yol tashabbusi bilan SamDCHTTIga olib kelingan 2000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 173 dona koreys tilidagi o‘quv adabiyotlarini Sharq tillari kafedrasiga taqdim etdi. Konsul institut til va madaniyat markazlari bilan yaqindan tanishdi va kelajakda SamDCHTI va elchixona o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishiga umid bildirdi.