Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Navoiyning so‘zi dunyoga kerak

2018 yil 8 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiyning so‘zi dunyoga kerak” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi Toshpo‘lat Tugal, taniqli navoiyshunos professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochib, Alisher Navoiyning hayoti va ijodining ahamiyatiga to‘xtalib, “O‘zbek xalqining uchta baxti bor. Birinchi baxti mustaqillik, ikkinchi baxti er osti va er usti boyliklari bo‘lsa, uchinchi baxti xalqimiz va uning Navoiysidir”, deya ta’kidladi. Bobomiz o‘z ijodida xalqini savodli, bilimli, madaniyatli qilish ruhi bilan qalam tebratgani, mehnatkash, pok, halol, aqlli, yaxshi odamlar qalbidagi samimiyat, sevgi-sadoqat, fidoiylik, inson baxti, xalqlarni do‘stlikka, hamkorlikka, ezgulikka chaqirish, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini ulug‘lash kabi hislatlarni yoritganini aytib o‘tdi. Shuning bilan birga shoirning “Xamsa” asarining nasriy bayoni bugungi kunga kelib institutimiz tarjimonlari tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinganligi va tez orada kitobxonlar e’tiboriga havola etilishini faxr bilan ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi T.Tugal so‘zga chiqib, Alisher Navoiyning yaratgan asarlarida millat taqdiri, el-yurt qayg‘usi, yurtni obodonlashtirish, ilm-fan, san’at va adabiyotni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go‘zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat uchun kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligini qayd etib, shoir g‘azal va tuyuqlaridan parchalar keltirdi.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulьteti tomonidan tayyorlangan bayram dasturi doirasida Alisher Navoiy hayoti va ijodi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari, she’riy parchalar hamda uning she’rlari bilan aytiladigan mumtoz kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Tadbir so‘ngida institut rektori tomonidan bayram dasturini tayyorlashda faol ishtirok etgan o‘qituvchi va talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 3-scaled-1200x900

4-scaled-1200x900

5-scaled-1200x900

6-scaled-1200x900

7-scaled-1200x900

8-scaled-1200x900