Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDCHTI talabasi Ergasheva Laziza “Spelling Bee-2018” tanlovining final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan talabalar o’rtasida ingliz tili orfografiyasi bo’yicha “Spelling Bee-2018” tanlovining Respublika bosqichi joriy yilning 7 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasida bo’lib o’tdi.

Tanlovda Samarqand davlat chet tillar institutining ikki nafar talabasi Suyunov Bobur va Ergasheva Lazizalar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga ko’ra ingliz tili fakulteti birinchi kurs talabasi Ergasheva Laziza tanlovning final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.

Markaziy Osiyo miqyosidagi tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning mart oyida Qozog’istonning Olmota shahrida bo’lib o’tadi.

Certificate - Ergasheva Laziza

20180207_140338