|
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20
iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona
bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi
PQ-381 sonli Qarori hamda vazirlikning 2006
yil 29 dekabrdagi “Axborot-resurs markazlari
faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi
295-sonli buyrug’iga binoan sobiq ilmiy
kutubxona bazasida tashkil qilingan. Institut
axborot-resurs markazida quyidagi bo’limlar
mavjud:
- Adabiyotlarni
qabul qilish, butlash va kataloglashtirish
bo’limi;
- Axborot
xizmati ko’rsatish va marketing bo’limi;
- Elektron
axborot resurslari va adabiyotlarni
saqlash bo’limi.
Bu
bo’limlarga bazaviy ma’lumotga ega bo’lgan
xodimlar tanlov asosida ishga qabul qilingan.
Bugungi
kunda axborot-resurs markazining foydalanuvchilari
soni 5924 kishi, ulardan 2206 nafari talabalar,
364 nafari professor-o’qituvchilar, qolgan
3354 nafari hududiy foydalanuvchilar.
ARM
foydalanuvchilarining talabnomalari asosida
bibliografik ma’lumotlarni topish, zarur
ma’lumotlarni foydalanuvchi istagiga ko’ra
elektron va yozma variantlarda taqdim etish
“Axborot xizmati ko’rsatish va marketing
bo’limi” tomonidan amalga oshiriladi. Bu
talabnomalarni tez va sifatli bajarish uchun
bo’limga skanerlar, printerlar, kompyuterlar,
nusxa ko’chirish moslamalari kabi axborot
texnologiyalarining zamonaviy turlari ajratilgan.
Axborot
va yangiliklarni foydalanuvchilar ehtiyojlari
asosida shakllantirish va tarqatishga qaratilgan
“Elektron axborot-resurslari va adabiyotlarni
saqlash bo’limi” foydalanuvchilarga xizmat
ko’rsatadi. ARM o’quv zallari va virtual
kutubxonalaridagi kompyuterlar institut
lokal tarmog’iga hamda respublika korporativ
tarmog’iga ulangan bo’lib, bir vaqtning
o’zida 224 nafar foydalanuvchiga xizmat
ko’rsata oladi. Bo’limda axborot resurslaridan
erkin foydalanish, kitobxonlarni qiziqtirgan
ma’lumotlarni “Internet-Ziyonet”dan olish
yo’lga qo’yilgan.
ARM
faoliyatini tashkil etishning zamonaviy
shakli bo’lgan “Axborot texnologiyalari
bo’limi”da axborot-kommunikasiya vositalari
bilan ishlash ko’nikmasi va malakasiga ega
bo’lgan, multimedia vositalari yordamida
axborotlarni shakllanti-rish tajribasiga
ega xodimlar faoliyat olib bormoqda. Bo’limda
foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlari
asosida axborot resurslariga qayta ishlov
berilib, turli tarmoqlar yordamida shakllantiriladi.
“Kitoblarni
qabul qilish, butlash va kataloglashtirish
bo’limi” markaz fondiga kelib tushayotgan
va undan chiqib ketayotgan adabiyotlar hamda
hujjatlarning umumiy jamlama va yakka tartibdagi
hisobini yuritish, mavjud bo’linmalar jami
fondining aniq hisobini amalga oshirishni
ta’minlaydi. Bo’limda axborotlarni ma’lumotlar
bazasida saqlanishning, fondni kutubxona
so’rovi asosida ta’minlash va Respublikadagi
boshqa viloyat hamda oliy o’quv yurtlaridagi
ARM, AKM lar bilan muvofiqlashtirilgan holda
keng aholi ommasi va talaba-yoshlarning
kitobxonlik so’roviga ko’ra xizmat ko’rsatish
yo’lga qo’yilgan.
Bugungi
kunda institut ARMda 263909 saqlash birligi,
shu jumladan virtual kutubxonada 2890 nomdagi
50,2Gb hajmdagi axborotlar yig’ilgan. ARMda
axborot resurslari o’zbek, rus, ingliz,
nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys,
yapon, arab, tojik va shu kabi 20 dan ortiq
tillarda jamlangan. Davlat tilidagi adabiyotlar
kolleksiyasi tarkib jihatdan eng katta miqdorni
egallaydi. Shuningdek, rus tilidagi adabiyotlar
fondi ham boy bo’lib, ular ijtimoiy-siyosiy,
gumanitar, tabiiy-ilmiy va o’quv-texnik
lug’atlari hamda chet tillarini o’rganish
uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmalaridan
iborat. Ilmiy mazmundagi adabiyotlar fondda
asosiy va muhim o’rin egallaydi.
Hozirgi
paytda talabalar turar joyida, ingliz filologiyasi,
roman-german filologiyasi fakultetlarida
ARMning tarmog’lari tashkil etilib, ular
sohaga doir ilmiy, badiiy va o’quv adabiyotlari,
ma’lumot-bibliografik material-lar bilan
ta’minlangan.
Institut
ARMda gazeta va jurnallarning oxirgi besh
yillikdagi nashrlari to’liq saqlanmoqda.
ARM ish faoliyatini yanada takomillashtirish
maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga
alohida e’tibor qaratilgan.
ARM
ning 3 ta tarmog’i mavjud:
- Samarqand
sh., Buyuk Ipak yo’li, 65-uyda
joylashgan 1-tarmoq;
- Samarqand
tumani, Ravonak qo’rg’onidagi 2-tarmoq;
- Urgut
tumani, O’ramas qishlog’ida joylashgan
3-tarmoq.
ARM
tarmoqlari o’zi joylashgan hudud aholisiga,
maktabgacha ta’lim muassasalariga, maktab
o’quvchilari hamda o’qituvchilariga, lisey-kollejlar
hamda oliy o’quv yurtlari, shu jumladan
institut talabalariga xizmat ko’rsatmoqda.
Ma’lumotlar
uchun:
Manzil:
Samarqand shahri, Bo’stonsaroy-93, SamDChTI
bosh binosi.
Telefon:
+99866 231 13 42
Ye-mail:
SamDChTIARM1@rambler.ru
|