Tarkibiy bo'linmalar

  Bo'limlar

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Fakultetlararo kafedralar
Bo'limlar
Axborot resurslari
Abituriyentlariga

 

 

 

 

Kadrlar bo'limi

SamDChTI kadrlar bo’limi 1994 yil 22 dekabrda tashkil etildi. Bo'lim tashkil topgandan boshlab Musinova Zebo Turabovna rahbarlik qilib kelmoqda.

Bo'lim boshlig'i Musinova Z.T.

 

SamDChTI kadrlar bo’limi 1994 yil 22 dekabrda tashkil etildi. Ushbu bo’lim tarkibiga bo’lim boshlig’i, 2 ta nazoratchi va 1 ta kotiba kirar edi. Ushbu bo’limda institut professor-o’qituvchilarining, xodimlarining shaxsiy ishlari turadi va ularga tegishli bo’lgan hujjatlar rasmiylashtiriladi.

 

Xozirgi vaqtda kadrlar bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • institut bo’linmalarining rahbarlari bilan hamkorlikda o’quv-yordamchi, o’quv-ishlab chiqarish, ma’muriy-boshqaruvchilik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yadi:
  • rektor nomenklaturasiga kirgan institutning barcha toifadagi xodimlarini ishga qabul qilishni, boshqa ishga o’tkazishni va bo’shatishni rasmiylashtiradi:
  • kadrlar bo’limi xodimlarining o’z vazifalarini bajarishlarini nazorat qilib boradi:
  • xodimlar bilan tuziladigan kontrakt blankalarini to’ldirishni tashkil qiladi:
  • xodimlar bo’yicha buyruq loyihalarini tuzadi:
  • institut xodimlariga tavsifnoma berilishini rasmiylashtiradi va nazorat qilib boradi:
  • institut jamoasida mehnat tartib qoidalariga rioya qilishni nazorat qilib boradi:
  • ma’lumotnomalar berishni qayd qilib boradi:
  • mehnat daftarchalariga talabnomalar tuzadi, ularni hisobga olib
  • boradi va ular uchun hisobot beradi.
  • xodimlarni u yoki bu lavozimga tayinlash huquqini beradigan hujjatlarni rasmiylashtiradi:
  • ishlayotgan xodimlarning belgilangan shakldagi ro’yxatini olib boradi:
  • institut xodimlarining shtat jadvalini tuzadi:
  • yangidan ishga qabul qilingan, boshqa ishga o’tkazilgan va ishdan bo’shatilgan xodimlarni hisobga olish daftarini yuritadi:
  • boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi T-2 shakldagi varaqchalarini qayd qilib boradi:
  • mehnat daftarchalariga xodimlarning ishga qabul qilinganligi, bir ishdan boshqa ishga o’tkazilganligi va bo’shatilganligi to’g’risida qaydnomalar yozadi, maxsus kitobda mehnat daftarchalarini hisobga olib boradi, ularni saqlaydi:
  • institut bo’yicha xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, bo’shatish, ta’tillar berish to’g’risida buyruq hujjatlar tayyorlaydi:
  • xodimlarning shaxsiy ishiga tikib qo’yish uchun, (qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, bo’shatish va h. k.lar to’g’risida) buyruqdan ko’chirmalar tayyorlaydi:
  • alfavitli daftarga buyruqlardan qisqacha ko’chirmalar qayd qilib boradi:
  • ma’muriyat bilan moddiy javobgar shaxslar o’rtasida to’la moddiy javobgarlik to’g’risida mehnat shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi:
  • shaxsiy tarkib bo’yicha statistik hisobotlar tuzadi:
  • institut xodimlarining shaxsiy ishlaridagi hujjatlarning to’liqligini nazorat qilib boradi:
  • institut xodimlarining shtat-lavozim ro’yxatini yuritadi:
  • talabga muvofsh’ institut xodimlari ish joyi to’g’risida ilmiy darajasi va unvoni to’g’risida ma’lumotlar yozib beradi:
  • vaqtinchalik ishga yaroqsizlik varaqalarini (byulletenlarini) hisobga olib boradi va ularda ish stajini ko’rsatadi:
  • ishdan bo’shaganlarning shaxsiy hujjatlar ishini tayyorlaydi va vaqti-vaqti bilan arxivga topshirib boradi:
  • kadrlar bo’limi nozirlarining mehnat-ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishlarini nazorat qilib boradi:
  • kadrlar bo’limi boshlig’i yo’qligida uning vazifasini bajaradi.
  • institut professor-o’qituvchilar lavozimlariga e’lon tayyorlab beradi va ularning xujjatlarini tanlovga tayyorlaydi va tanlovdan o’tganlarni xujjatlarini rasmiylashtiradi;
  • institut professor-o’qituvchilari va xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tishini nazorat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2011 SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI