|
|
Ichki
nazorat va monitoring bo’limi
Samarqand
Davlat Chet tillar institutining ichki nazorat va monitoring
bo’limi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustda chiqqan 207
sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.
Ichki
nazorat va monitoring bo’limi o’z faoliyatini Vazirlik
bilan kelishilgan holda va institut rektori tastiqlagan
yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.
Ichki
nazorat va monitoring bo’limining vazifasi quyidagilardan
iborat:
- Oliy
ta’lim muassasalarning ichki nazorat va kadrlar
tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarishning
monitoringi (bundan keyin ichki nazorat va monitoring)
kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan
vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta’lim jarayonida
O’zbekiston Respulikasi Prezidentining farmonlari,
Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid
qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining
ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat
va tahlil qilish maqsadida tashkil qiladi.
- Ichki
nazorat va monitoring o’z faoliyatini O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga “Ta’lim to’g’risida”,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi
qonunlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
Hay’at qarorlari, buyruqlariga va mazkur nizomga
muvofiq amalga oshiradi.
- Ichki
nazorat va monitoring oliy o’quv yurtlarida kadrlar
tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini
amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar
va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy,
ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini
oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash
qarorlari, vazirlik va o’quv yurti bo’yicha chiqarilgan
buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning
bajarilishini nazorat qiladi.
- Ta’lim
muassasalarida O’zbekiston Respublikasining oliy
ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning
qaror va farmoyishlarini, Vazirlikning hay’at qarori,
buyruq, yo’riq, xat, modemogramma va telefonogrammalarini,
shuningdek o’quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarining
bajarilishini, nazoratini ta’minlash va monitoringini
olib boradi.
- Professor-o’qituvchilar
tarkibi va xalq xo’jaligi kadrlarining malakasini
oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini
tashkil etadi.
- Oliy
ta’lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini
ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
- O’quv
jarayoniga zamonaviy inter-faol texnologiyalarni
tadbiq etishdagi erishilgan ijobiy natijalar ta’lim
sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan
goya va tashabbuslarni qo’llab quvvatlaydi ommalashtirishga
ko’maklashadi.
- Fakultetlar,
kafedralar, va boshqa tarkibiy bo’limlarda
o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot,
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayorlash borasida
qilinayotgan ishlar monitoringini olib boradi.
Ichki
nazorat va monitoring quyidagi huquqlarga ega:
- Oliy
o’quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida
(malaka oshirish instituti, litseylar va boshqalar)
ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy
hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
- Oliy
o’quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida
bo’ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok
etish;
- Ta’lim
muassasasi faoliyatini o’rganish bo’yicha fakultetlar,
kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan o’z
xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni
talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb
qilish;
- Kurs
loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni
hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish,
davlat attestasiyalarining o’tkazilishini, barcha
turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib
chiqish;
- Ichki
nazorat va monitoring huquqi doirasidagi masalalarni
joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda o’quv
yurtining malakali professor-o’qituvchilarini jalb
qilgan holda guruhlar tuzish;
- Muntazam
ravishda hujjatlar ijrosini nazorat qilish va monitoringini
olib boorish;
- O’quv
jarayoni bilan bog’liq masalalar (davomat, professor-o’qituvchilarning
darslardagi ishtiroki va faoliyatini monitoring
qilish, darslarning talab darajasida tashkil etilganligi
yoki o’tkazilayotganligini nazorat qilish) bilan
bevosita shug’ullanish;
- Bakalavriat
va magistratura yo’nalishlarida haftalik yuklamalarning
to’liq bajarilayotganini nazorat qilish;
- Institutda
mehnat intizomini mustahkamlash bo’yicha nazorat
tekshiruvlarini o’tkazish, aniqlangan xato va kamchiliklar
yuzasidan rahbarga (rektorga) bildirishnoma kiritish
va intizomiy choralar ko’rish bo’yicha takliflar
kiritish huquqlarga ega.
|
|