|
Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 30 oktyabrda chiqarilgan
407- sonli va 2011 yil 10 martidagi 96- sonli buyrug’i
bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni Samarqand
davlat chet tillar institutida bajarilishi
Respublikamizda
2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
munosabati bilan talaba yoshlarda tadbirkorlik faoliyati
bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirishda, ushbu
dasturni bajarishda Samarqand davlat chet tillari institutida
barcha fakultet bakalavriat va magistratura bosqichi
talabalariga maxsus kurs sifatida 20 soat hajmida (8
soat ma’ruza, 8 soat amaliy mashg’ulot, 4 soat mustaqil
ta’lim) dars mashg’ulotlari o’tildi.
Institutda
talaba yoshlarni, shuningdek bitiruvchilarni tadbirkorlik
faoliyatiga jalb qilish va ularda biznes g’oyalarini
keng tushuntirish maqsadida o’zbek va rus guruxlarida
mashg’ulotlar o’tkazib kelinmoqda. Ma’ruza va seminar
darslari maxsus multimediali auditoriyalarda zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalari asosida
tashkil etildi.
Bundan
tashqari, dasturda belgilangan vazifalarni bajarish
maqsadida talabalar bilan biznes reja tuzish va uni
o’rganish bo’yicha mutassaddi professor -o’qituvchilar
tomonidan mashg’ulotdan tashqari davra suhbatlari,
uchrashuvlar, seminar-treninglar o’tkazildi.
2011
yil 26 martda SamDChTIda dasturda belgilangan
vazifalar bo’yicha ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Anjumanda talabalar o’zlarining tadbirkorlik faoliyatiga
oid fikr-mulohaza va takliflarini bildirishdilar.
Mutaxassislar
tomonidan berilgan fikr-mulohazalar “Kichik beznes va
xususiy tadbirkorlik” davlat dasturining Samarqand
davlat chet tillar institutida bajarilshi bo’yicha ishlab
chiqilgan chora-tadbirlar rejasida o’z aksini topgan.
Institut
miqyosida mazkur Davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha
talabalar uchun tashkil etilayotgan tadbirlarda talabalar
uchun imtiyozli foizsiz mikro kreditlarni olish tartibi,
taklif qilinadigan loyihalar beznes-rejalarni tuzish
bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yuqorida
bajarilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar institut veb
saytida muntazam yoritib borilmoqda.
|